XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

QADIMGI ODAMLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Ilk odamlarda xususiy mulkchilik tushunchasi umuman bo’lmagan.

2. Qadimiy odamlar mehnat quroli sifatida toshlardan foydalangan. Ular Yevropada 2, 4 million yillar oldin paydo bo’lgan.

3. Toshdan yasalgan qurollar yordamida qadimgilar ulkan hayvonlarni, uchmaydigan qushlarni a’lo darajada ovlay olishgan.

4. Neandertallar bundan 40 ming yil oldin qirilib ketgan.

5. Genetika nuqtai nazaridan biz qadimgi odamlarga juda o’xshab ketamiz.

6. Neandertallarning sochlari malla, terisi oq rangda bo’lgan. Kromanonlar esa aksincha, qora tanli bo’lishgan. Shundan kelib chiqib, hozirgi qora tanlilar kromanonlar avlodi deyish mumkin.

7. Qadimiy odamlarning vatani sifatida Afrika e’tirof etiladi.

8. Taxminan 80 mingcha yil oldin qadimiy odamlar soni vulqon otilishi va ketidan muzlik davri boshlanishi tufayli keskin kamayib ketgan.

9. 50 ming yil oldin qadimgi odamlar hind okeani orqali Avstraliyaga kelib joylashgan.

10. Qadimgilarning umri bizlarnikiga nisbatan ancha qisqa bo’lgan. Asrlar osha odamlar organizmidagi metabolizm jarayoni sustlashishi natijasida umr ko’rish muddatimiz uzaya borganligi aytiladi.

11. Qadimgilar birinchi bo’lib bo’rilarni qo’lga o’rgatgan.

12. Qadimgi odamlar bundan 40 ming yillar burun nay yasab, turli musiqalarni bastalay ham olishgan ekan. Demak, musiqa san’ati ham bizga qadimgilardan meros qolgan.

13. Mamontlarni aynan qadimiy odamlar qirib yuborgan. Ular mamont ovlagach, go’shtini bo’lishib yegan, suyagidan mehnat qurollari yasagan.

14. Qadimgilarning jag’i biznikiga qaraganda ancha yirik edi. Tishlari esa 32 ta emas, 36 ta bo’lgan.

15. Ular taqinchoqlarni mayda toshlar, ilon po’sti va suyaklardan tayyorlashgan.

16. Qadimgilar olov yoqishni 500 million yil oldin o’zlashtirgan.

17. Kamon va o’q eramizdan 25 ming yil oldin qadimgi odamlar tarafidan o’ylab topilgan.

18. Ular uy qurish o’rniga g’orlarda yashashni ma’qul ko’rishgan.

19. Dunyoda ilk bor paydo bo’lgan odamlar olovga sig’ingan.

20. Neandartallar va kromanonlar bir-birlariga qiz berib, qiz olishgan. Ana shuning natijasida odam DNK si jiddiy o’zgarishlarga yuz tutgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…