image0

Kecha, 9 iyul kuni bitkoin kriptovalyutasi kursi 112 ming dollarlik rekord darajaga yetdi. Bu haqda “Binance” platformasi ma’lumotlarida keltirilgan.  

Coinbase birjasida bitkoin narxi 112 mig 152 dollarga yetgan, eng yirik kriptobirja Binance’da esa 111 999 dollarni tashkil qilgan. Shu tariqa kriptovalyuta kursi avvalgi eng yuqori narx ko‘rsatkichidan oshgan.

Bitkoin narxi yana rekord darajada ko‘tarildi1

Bitkoinning kapitallashuvi 2,17 trillion dollardan oshdi va bu uni Alphabet (Google) aksiyalari bilan bir qatorda dunyodagi beshinchi eng yirik savdoga qo‘yilgan aktivga aylantirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 14 yil davomida harakatsiz bo‘lgan 2,18 milliard dollarlik “uyqudagi” bitkoinlar faollashgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu “uxlab yotgan” (ya’ni, hech qanday tranzaksiya qilinmagan) hamyonlar 14 yil davomida “qimir etmagan”. O‘sha vaqtda ularning umumiy qiymati atigi 7 800 dollar bo‘lgan, bugungi kunda esa ularning har biri 1,1 milliard dollarga baholanmoqda. Bu – 13 982 800 foiz o‘sishni anglatadi.