image0 Markaziy Osiyoda dunyoning hech bir joyida uchramaydigan dinozavr qoldiqlari topildi1 north_east

O‘zbekistonga yaqin joydan 85 mln yillik dinozavr qoldiqlari topildi

O‘zbekistonning qo‘shnisi bo‘lgan Qirg‘izistonda Norin daryosi bo‘yida Yer yuzining hech bir qismida topib bo‘lmaydigan dinozavrlarning qoldiqlari topildi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Adishev nomidagi Qirg‘iziston Respublikasi Milliy Fanlar akademiyasining Geologiya instituti direktori vazifasini bajaruvchi Isaak Bakirov nashrga bergan intervyusida bu haqda so‘zlab bergan. Olimning aytishicha, 2025 yilda Germaniya va Angliyadan kelgan xorijlik arxeologlar bilan birgalikda ekspeditsiyalar tashkil etilgan. Natijada Toshko‘mir shahri hududida o‘rganilishi kerak bo‘lgan Yura davriga oid yangi joylar (yoshi taxminan 165 million yil) topildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, topilgan joy aniqlangan, ammo hozirda keyingi qazish ishlarini olib borish uchun mablag‘ yo‘q.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan yili Toshko‘mir hududidan teropodlar guruhiga kiruvchi yirtqich dinozavrlarning yangi turi allaqachon topilgan edi. O‘sha paytda Myunxendagi Paleontologiya muzeyidan nemis olimlari qazishmalarda qatnashgan.

“Dinozavr qoldiqlarini topish o‘tgan asrning boshida boshlangan va shundan beri davom etmoqda. Yangi joylar topilmoqda, dinozavrlarning yangi turlari o‘rganilmoqda”, deydi olim.

Isaak Bakirov Qirg‘izistonda ayni paytda 30 dan ortiq dinozavr maskanlari ma’lum ekanini ta’kidlab, bu borada mahalliy olimlar tomonidan katta ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya poytaxti Parij shahrida 150 million yillik dinozavr kim oshdi savdosida 6 million yevro (6 million 250 ming 800 dollar)ga sotilgandi va u dunyo bo‘ylab auksionda sotilgan tarixdagi eng yirik dinozavrga aylandi.