Aholisiga bepul ovqat tarqatiladigan shahar haqida eshitganmisiz?

U shahar siz o’ylagandek, Birlashgan Arab Amirligi ham emas, Saudiya Arabistoni ham emas va hattoki dunyoning ko’zga ko’ringan AQSh, Angliya va boshqa badavlat mamlakatlari ham emas.

U “Rahmonning xalili” degan nomni olgan payg’ambarning, ya’ni Ibrohim alayhissalomning yurti Falastindir.

Falastinning Xalil shahrida joylashgan “Takiyatul xalil” oshxonasida xar kuni 1000 dan ortiq muhtoj va bechora oilalar bepul ovqat bilan ta’minlanadi. Ramazon oyida esa bu saxovatdan bahramand bo’ladigan oilalar soni 3000 ga yetadi.

Bir kunda o’rtacha 600 kg go’sht pishirilib, muhtojlarga tarqatiladi. Ramazonda esa 3000 kg ga yaqin go’sht pishiriladi. Har kuni turli xil ovqatlar tayyorlanadi.

Ovqatlar peshin namozidan so’ng tarqatiladi. Bu oshxonaga kelgan biror kishi quruq qo’l bilan qaytmaydi.

Aytilishicha, ushbu oshxonaning tarixi Ibrohim alayhissalomning davrlariga borib taqaladi. Aslida, oshxona o’rnida Ibrohim alayhissalomning muhtoj va miskinlarni mehmon qiladigan joylari bo’lgan. Keyinchalik, aniqrog’i, Salohiddin Ayyubiy davrlarida (1279 hijriy sanada) Sulton Qonun Solihiy rahmatullohi alayh ushbu oshxonani bino qilganlar.

Tarixdan ma’lumki, Ibrohim alayhissalom mehmondo’st, har kuni muhtojlarni ovqat bilan siylaganlari uchun Abu zoyfan, ya’ni Mehmonlar otasi nomini olganlar. Ibrohim alayhissalomning barakalari ushbu shahar va shahardagi saxovatpesha insonlarda ham namoyon bo’lgan.

Aholisiga bepul ovqat tarqatiladigan shahar haqida eshitganmisiz?

(«Facebook» ijtimoiy tarmog’idan)

loading…