image0

Bitkoin narxi tarixda ilk bor 120 ming AQSH dollaridan oshdi. Buni Binance kriptovalyuta birjasi savdo ma’lumotlarida ko‘rish mumkin.

Binance Market Data'da qayd etilishicha, bitcoin 120 ming dollarlik chegarani bosib o‘tgan va hozirda 121 ming 214,56 dollar darajasida savdo qilinmoqda.

Birja ma’lumotlariga ko‘ra, shu yil boshidan beri bitkoinning dollarga nisbatan narxi asosan o‘sish tendensiyasini ko‘rsatgan. Biroq fevraldan aprelgacha narx pasaygan davr ham kuzatildi, xususan, 9 aprel kuni bitkoin 76 ming dollar atrofida savdo qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 iyul kuni bitkoin kriptovalyutasi kursi 112 ming dollarlik rekord darajaga yetgandi.