GUL HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Dunyodagi eng yirik gul «amorfofallum titanum» Indoneziyada qad rostlagan. Uning bo’yi 3 metr keladi.
2. Dunyodagi eng qimmat gul sifatida Malayziya «Oltin orxideyasi» e’tirof etiladi. U ekilgach, oradan 15 yil o’tgachgina ilk bor gullaydi. Shunday gulning bir donasi 5 000 dollar turadi.
3. Germaniyaning Xildesxaym shahrida dunyodagi eng keksa atirgul qad rostlagan. U bir yarim ming yil oldin ekilgan ekan.
4. Odamlar gul o’stirishni bundan 4 000 yil oldin boshlagan. Aytishlaricha, bu ishga ham qadimiy misrliklar birinchi bo’lib qo’l urgan.
5. Amerikadagi har bir shtat o’zining alohida gul ramziga ega.
6. Ba’zi gullardan salatlar, qiyomlar tayyorlab iste’mol qilsa bo’ladi.
7. Yer yuzida qora va oq rangli gulning o’zi yo’q. Mabodo bori ham sun’iy tarzda hosil qilingan chiqadi.
8. Janubiy Amerika tog’larida ajabtovur gul bor. U dunyoga kelgandan keyin oradan 150 yil o’tibgina gullaydi.
9. Atirgulning ayrim turlari sovuqqa ham chidamli bo’ladi. Shunday atirgul turi Shimoliy Qutbda o’sadi.
10. Niderlandiya hozir o’zining lolalari bilan faxrlanadi. Ammo aslida bu lolalar 16- asrda Turkiyadan olib kelib o’tqazilgan.
11. «Qo’ng’iroqcha» degan gulning yaproqlari pastga qaragan bo’ladi. Shu yo’l bilan ular tanasini yomg’irlardan asrashadi.
12. Orbitaga olib chiqilgan birinchi gul «arabidorpis» deb nomlangan. Astronavtlar uni eksperiment maqsadlarida 1982 yili «Salyut-7» sovet orbital stansiyasiga olib chiqishgan.
13. Avstraliyada o’sadigan «rizentella orxideyasi» yer ustida emas, aksincha yer ostida gullaydi. Uning gullarini asalarilar emas, balki qo’ng’izlar changlab turadi.
14. Aytishlaricha, gullar ham odam tanlarkan. Ular o’ziga yaqinlashgan odamning qanaqaligiga qarab munosabat yuritarkan.
15. Atirgul gullar qirolichasi sanaladi. Qadimiy perslarda bir afsona bor edi. Ularning aytishicha, atirgul rangi dastlab oppoq bo’lgan. Bir kuni uni bulbul ko’rib qolgan-u, gulni mahkam bag’riga bosgan. Shunda atirgul tikoni ko’ksiga botishi tufayli gul yaproqlariga qon oqib tushgan. O’sha-o’sha atirgul rangi qizil qon rangiga kirgan ekan.
16. Hindistonda esa qadimda bir an’ana zohir edi. Hukmdorga kim atirgul sovg’a qilsa, bitta xohishi ado etilgan. Atirguldan tayyorlangan yog’ esa qadimda oltin bahosida sotilgan.
17. «Xrizantema» yaponchadan tarjima qilinganda, «Quyosh» ma’nosini beradi va u qadimdan ilohiy hisoblangan. Shuning uchun xrizantema surati faqat imperator oilasidagilarning kiyimlariga tushirilgan.
18. Sibirlik mikrominiatyurist Anatoliy Konenko buyuk rus shoiri Aleksandr Sergeevich Pushkinning she’rlarini to’plab, ularni atirgul yaproqlaridan tayyorlangan, hajmi atigi 30* 32 millimetrli kitobchaga joylagan. Bu kitobni keyinchalik rafiqasiga hadya etgan.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…