BI-IR KULIShMAYMIZMI, TOG'A?..

 

 

* * *

 

Ayol dugonasidan so’radi:

— Eringning sog’lig’i yaxshimi?

— Unchalik yaxshi emas. Kun bo’yi vannaxonada o’tirib baliq ovlaydi.

— Voy, unda ruhshunosga ko’rsat!

— Men ham shunday deb o’ylagandim. Ammo shu qadar baliq yegim kelyaptiki…

 

* * *

 

Yangi boydan chet el firmasi xodimlari faxriy mehmonlar kitobiga imzo chekishini so’rashdi. Yangi boy:

— Xo’p, nima deb yozay?

— Hamma qatori yozavering.

U kitobga shunday deb yozib qo’ydi:

— «Bu yerda Boltavoy bo’lgan»

 

* * *

 

Bokschi jangdan oldin sevgan qiziga dedi:

— Azizam, jangdan so’ng qahvaxonada uchrashaylik!

— Bo’pti, lekin sizni tanimay qolmasligim uchun qo’lingizda gazeta ushlab turing.

 

* * *

 

Koptok do’stiga hasrat qila ketdi:

— Hayotim juda og’irlashib ketdi. Shishirishadi-da, tinimsiz tepaverishadi, tepaverishadi…

— Sen tez-tez darvozaga kirib tur. Shunda ular seni qo’llarida ko’tarib yuradigan bo’lishadi.

 

* * *

 

Ikkinchi raunddan so’ng bokschi murabbiydan so’radi:

— Xo’sh, uni yengamanmi?

— Albatta. Xuddi oldingi raundlardagidek qo’lingni silkitaversang, raqibing o’pkasi shamollab yiqiladi.

 

* * *

 

Sobiq bokschi sevgilisiga o’zining o’tmishini gapirib bergandi. Oradan picha vaqt o’tib u so’radi:

— Siz Nokaut va Nokdaundan bo’lak yana qaerlarda bo’lgansiz?

 

* * *

 

Ota gazetada qaysidir futbolchini bir klub o’n million dollarga sotib olgani haqidagi xabarni o’qigach, maktabda o’qiydigan o’g’liga baqirdi:

— Hadeb yastanib o’tiravermasdan, sen ham to’p tepsang o’lasanmi?

 

* * *

 

— Do’xtir, meni it tishlab oldi.

— Afsuski, yordam bera olmayman. Bizda bu kasalni davolash uchun dorilar mavjud emas.

— Nimadir qilish mumkindir, axir?

— Bo’pti, o’sha itni tutib keling. Basharasiga bir musht tushiraman.

 

* * *

 

— Toshmatov, analizlaringizning javobi chiqdi. O’ylaymanki, bir hafta ichida kasalxonamizni tark etasiz.

— Do’xtir, katta rahmat sizga!

— Bemor, siz meni noto’g’ri tushundingiz…

 

* * *

 

Keksa jarroh yosh shogirdiga maslahat beryapti:

— Xo’sh, bugun bemorni mustaqil operatsiya qilasan. Hushyorlik bilan ishlagin. Aks holda qo’lingni kesib olishing mumkin.

 

loading…