image0

O‘zgidromet O‘zbekiston bo‘yicha joriy yilning 20-22 iyun kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bugun, 20 iyun kuni kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha 34-37 daraja bo‘lgan nisbatan qulay harorat fonida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Dam olish kunlari harorat yana 38-40 darajagacha, janubda 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ayrim joylarda shamolning kuchayishi 20-22 m/s ga yetishi mumkin.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 35 daraja atrofida bo‘ladi, shanba va yakshanba kunlari 37-40 darajagacha ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 20-22 iyun kunlari Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi xabar qilingandi.