Inson miyasi muammoning faqat bir tomoniga qattiq e’tibor berib, boshqa jihatlarini e’tibordan chetda qoldirishi juda oddiy hol. Bu esa noto’g’ri qaror qabul qilishga sabab bo’lishi mumkin.
Buning oldini olish uchun psixologlar Dekart kvadratidan foydalanishni tavsiya etishadi. Uning mohiyati shundaki, quyidagi 4 savolga javob berish orqali muammo yoki vaziyatga turli tomondan baho beriladi:
1. Agar shu ishni amalga oshirsangiz, nima foyda topasiz? (Ijobiy qarorning foydalari)
2. Agar shu ishni amalga oshirmasangiz, nima foyda topasiz? (Salbiy qarorning foydalari)
3. Agar shu ishni amalga oshirsangiz, nima zarar ko’rasiz? (Ijobiy qarorning zararlari)
4. Agar shu ishni amalga oshirmasangiz, nima zarar ko’rasiz? (Salbiy qarorning zararlari)
Psixologlar bu usuldan yozma ravishda foydalanishni maslahat berishadi. Sababi, og’zaki shaklda o’zimizni aldab qo’yishimiz osonlashar ekan.
loading…