Agar siz Turkiyaning avtomobilsiz sayohat qilinadigan mo»jaz ko’cha-yu xiyobonlarini, tog’u yashil tabiatini kashf qilishni istasangiz, Turkiya bo’ylab velosipedda sayohat aynan siz uchun!
Velosipedda Turkiyaning ulug’vor manzaralari bo’ylab sayohat qilish sizga bir umrlik unutilmas taassurotlarni hadiya etadi.
Dunyoning eng yirik metropol shaharlaridan biri bo’lgan Istanbulning har bir burchagini kashf qilishni xohlaysizmi? Egey afsonalarini jonlantiruvchi tog’ga yoki Yevropaning eng uzun teleferiklaridan biriga chiqishga nima deysiz?
Professional yoki havaskor velosipedchi bo’lishingiz muhim emas!
Turkiyada barcha darajadagi velosiped ihlosmandalari uchun yo’llari mavjud. Istanbuldan paromga minib boshqa qit’aga o’tishingiz, Izmirdagi uzumzor va zaytun bog’lari orasida velosipedda sayr qilishingiz, Mug’laning feruza ko’rfazlari orqali o’rmon bilan qoplangan tog’larga chiqishingiz va Antaliyaning sohil yo’llari bo’ylab qadimiy shaharlar orasida sayr qilishingiz mumkin.
Turkiyada sog’liqni saqlash, gastronomiya, festival, madaniyat, ekoturizm, ziyorat, ta’lim va sport kabi muqobil turizm yo’nalishlari bilan birgalikda velosiped turizmi ham muhim o’rin egallaydi. Velosiped uchun qulay turar joy sertifikatiga ega bo’lgan Turkiyadagi mexmonxonalar velosipedda sayohat qiladigan mehmonlarning kuchli jismoniy faolligini qo’llab-quvvatlash uchun maxsus menyular bilan ta’minlaydi.
Velosipedchilar uchun tuzilgan menyular har bir mazali taomning ozuqaviy qiymati haqida ma’lumotni o’z ichiga oladi va qo’shimcha ravishda, yo’lda iste’mol qilinadigan va tarkibi vitamin va uglevodlarga boy bo’lgan oziq-ovqatlar bilan bir qatorda, foydali ichimlik to’plamlari ham taqdim etadi.
Tabiat va tarix uchrashadigan manzarali marshrutlar
Turkiyaning yirik turizm markazi bo’lgan Mug’laning Marmaris tumanida elektrli velosipedlar, tog’ va yo’l velosipedlari uchun alohida ajratilgan bir qancha yo’nalishlar mavjud.
Marmaris-Karajaso’g’ut yo’nalishi ko’zni qamashtiruvchi feruza ko’rfazlar bo’ylab o’tadi, ularga mashinada borish qiyin va asosan qayiq orqali borish mumkin. Yo’nalish shuningdek chorva fermalari va mazali yeryong’oqlari bilan mashhur Yeshilbelde qishlog’idan ham o’tadi.
Elektrli velosipedlar uchun tashkil qilingan Bosfor bo’g’ozining Yevropa qirg’oqlari yo’nalishi Galata ko’prigidan boshlanib Sariergacha davom etadi.
Qorako’y, Dolmabahche saroyi, Beshiktosh, O’rtako’y, Kurucheshme, Bebek va Emirgan mahallalarida joylashgan marshrut velosipedchilarga shaharning boy tarixiy obidalari va rang-barang tungi hayotini yaqindan ko’rish imkonini beradi.
Elektrli velosiped
Zamon rivojlanmoqda, velosipedlar ham! Biroq, Turkiya har doim o’zining tabiiy go’zalliklari va tarixiy merosini qadrlaydi.
Turkiyaning tarixiy obidalari va tabiiy go’zalliklarini velosiped yordamida kashf qilish ajoyib g’oya. Oyog’ingiz sportchilarnikidek baquvvat bo’lmasa va uzoq masofaga velosipedda ucholmasangiz qayg’urmang, go’zalliklar mamlakatini elektrli velosipedda kezib, o’zingiz uchun kashf qiling. Agar siz, Istanbulda yashasangiz ham, shaharning barcha nuqtalarini to’liq bilishingiz oson emas. Biroq, velosiped – Istanbulni kashf qilishingiz va uning turli qirralarini o’zingiz uchun ochishingiz uchun eng yaxshi usul.
Bir kunda ikki qit’aga velosipedda sayr qilganmisiz? Agar, shunday imkoniyatni qo’ldan boy berishni istamasangiz Istanbul siz uchun eng maqbul hisoblanadi. Hoziroq, velosipedingizni tayyorlang va Turkiyaning go’zalliklarini yaqindan ko’rish uchun sayyohatga chiqing!