«PSJ» hujumchisi Neymar yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi mumkin. Parijliklar rahbariyati foydali taklif tushgan taqdirda braziliyalik yulduz bilan xayrlashishga tayyor.
Mirror nashrining xabar berishicha, futbolchiga Angliya Premyer-ligasidan da’vogar bor. «Chelsi» 30 yoshli hujumchini o’z safiga qo’shib olmoqchi. «Ko’klar» yaqin orada Neymarning transferini muhokama qilishga tayyor.
Braziliyalik futbolchi 2017 yilning yozida «Barselona»dan «PSJ»ga ko’chib o’tgan edi. Uning transferi parijliklarga 222 million yevroga tushdi.
Neymarning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan va uning bozor narxi 90 million yevroga baholanmoqda.
Izohlarni ko`rish