Shotlandiyalik Stiven Gallager shifokorlar ikkala qo’lini almashtirishni taklif qilganida kulib, ishonmadi. Biroq murakkab operatsiya muvaffaqiyatli o’tdi va uning hayoti o’zgardi, deb xabar beradi BBC.
Stiven 48 yoshda. O’n uch yil avval uy tomini yopadigan usta bo’lib ishlab, uch farzandni tarbiyalagan. Kutilmaganda qattiq kasallikka chalinib, yuzida toshma paydo bo’ldi, o’ng qo’li qaltirab og’riyvergan.
Dastlab, shifokorlar surunkali lipus tashxisini qo’yishdi. Keyinchalik shifokorlar unga nevrologik alomatlar tashxisini qo’yishdi, bilak kanali sindromi bor deb o’ylashdi va Stivenni operatsiya qilishdi.
Biroq, ikkala qo’l yana kasal bo’lib qoldi va yangi mutaxassis unga autoimmun skleroderma tashxisini qo’ydi. Natijada uning terisi va ichki a’zolarida chandiqlar paydo bo’lgan. Yetti yil oldin Stivenning barmoqlari ichkariga egilib, mushtlarini tuga olmadi. U juda qattiq og’riganini eslaydi: «Kaftlarim bukilmadi, bir payt qo’limda faqat musht qoldi. Men hech narsa qila olmadim. Men o’zim kiyina olmadim, hech narsa ko’tara olmadim, – dedi Stiven.
Shotlandiyaning Dregorn qishlog’ida yashovchi Stiven o’z kasbiy ishini tashlab ketishga majbur bo’ldi. Hozir uning uchta qizi 12, 24 va 27 yoshda. Shifokorlar uni Glazgodagi plastik jarroh, professor Endryu Xartga tavsiya qilishdi. U bilakni almashtirish mumkin, dedi.
Xart va boshqa plastik jarroh, professor Saymon Kay Stivenga jarrohlikning xavfliligini tushuntirib berishdi. U turmush o’rtog’i bilan maslahatlashib, keyin psixologik tekshiruvdan o’tgan. Jarroh Saymon Kay 2016 yilda Buyuk Britaniyada birinchi bo’lib ikki qo’l transplantatsiyasini amalga oshirdi.
Stiven dunyodagi birinchi skleroderma bilan og’rib, qo’llarini almashtirgan bemor bo’ldi. Operatsiyada turli sohalardagi 30 nafar mutaxassis ishtirok etdi. Operatsiya 2021 yil dekabr oyida Lidsda bo’lib o’tgan va 12 soat davom etgan. «Operatsiyadan so’ng huddi o’zimni boshqa dunyoga kelgandek uyg’onib ketdim. Hammasi tez o’tdi. Men uyg’onib, qo’llarimni harakatga keltira oldim, – dedi Stiven.