Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiyadan bo’lgan olimlar guruhi qushlar turli shevada kuylay olishi mumkinligini aniqladi. Ta’kidlanishicha, bu qushlarning yashash hududiga bog’liq, deb xabar berdi «Daryo.uz» «CNN» ma’lumotlariga asoslanib.
Ekolog va ornitologlar tuxumdan yangi chiqqan qushlarning «kattalar»dan ko’chirgan holda kuylashni o’rganishini kuzatdi. Mutaxassislarning aniqlashicha, polaponlar nafaqat mintaqaga, balki mavsumga bog’liq bir xil xatoliklarga yo’l qo’yadi.
Kuzatishlar natijasida ma’lum bo’lishicha, kichkina qushlarning ushbu xatosini katta turlar ko’chirishni boshlaganida alohida mahalliy sheva yuzaga keladi. U bir necha yil davomida o’zgarishsiz qoladi.
Ornitologlardan birining ta’kidlashicha, u San-Fransiskodagi oq qarg’alarning shevasini tadqiq etgan va ularning shevasi 40 yildan beri o’zgarmaganini aniqlagan.
loading…