TOG’ NEGA O’SADI VA BUNING SABABI NIMADA?
Dunyo olimlari necha asrlardan biri bu mavzuda bahslashib keladi. Har bir olim tog’ning o’sishiga nisbatan turli fikr beradi. Ammo tog’larning o’sishiga nima turtki bo’ladi? Umuman, tog’ o’sib borishi haqiqatmi?
Albatta haqiqat. Tog’lar dunyo yaralibdiki, o’sishda davom etmoqda va ular hech qachon to’xtamaydi. Nega? Sababi ayon. Tog’larning aksariyati seysmik faollik kuchli hududlarda joylashgan. Bu hududlarda yer ostidagi tektonik plitalar boshqa hududlardagiga nisbatan yerning ustki qismiga yaqinroq joylashgan. Bu balki bir santimetrdir, balki bir necha o’nlab metrdir, farqi yo’q. Ular yer ustki qismiga yaqinligi bois tektonik plitalar siljiganda, joyini o’zgartirganda, albatta kuchli yer silkinish hodisasi yuz beradi. Tog’larga ham o’sha tektonik plitalar hukmini o’tkazadi. Ular yillar, asrlar osha yerning ustki qismi tomon ko’tarila boradi. Agar oddiyroq qilib tushuntiriladigan bo’lsa, qo’lingizni dasturxon ostiga kirg’azing. Shunda matoning qo’lingiz turgan joyida taxlam hosil bo’ladi. Xuddi o’sha taxlam siz qo’lingizni harakatga keltirganingiz sayin yuqoriga ko’tarila boradi. O’sha taxlam yer ostidagi tektonik plitalardir. Yana bu jarayonni soddalashtiradigan bo’lsak, tektonik plitkalarning pastda joylashganlari juda sekinlik bilan yuqoriroqdagi plitkalarga tirmashish orqali yuqorilay boradi. Bu hodisa esa faqat tog’li, seysmik faollik kuchli hududlardagina kuzatiladi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…