Joriy yilning 2-5 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
2 iyul kuni respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 3-5 iyulda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/sgacha, 3-5 iyulda ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/sgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda iyul oyining ilk kunida qanday ob-havo bo‘lishi xabar qilingandi.