* * *
Keksa onaxon o’zining yuz yillik yubileyi kuni uchastka vrachiga dedi:
— Bolam, senga juda o’rganib qolgandim. O’lib-netib qolsang, kim mening holimdan xabar olarkan-a?
* * *
Bolakay «to’rt» so’zini ayta olmasdi. Do’konga kirdi-da, dedi:
— Menga oltita non bering. Ikkitasi kerakmas.
* * *
— Xo’sh, o’g’lim, kundaligingni ko’rsat-chi! Bugun menga nimalar olib kelding?
— E, u yerda bittagina ikki bor xolos.
— Bor yo’g’i bittaginami?
— Xavotir olmang, dada, ertaga yana olib kelaman.
* * *
— Dadasi, suyunchi bering! O’g’limiz birinchi so’zni aytdi!
— Nima dedi?
— «Dada» dedi.
— Ie, bu qaerda sodir bo’ldi?
— Hayvonot bog’iga borib, maymunning qafasiga yaqinlashganimizda.
* * *
Ota olti yashar o’g’liga baqirdi:
— Qanaqa bolasan o’zing? Nuqul to’xtamay savol berganing bergan! Men ham sening yoshingda dadamga tinimsiz savol beraversam nima bo’lardi?
— Dada, unda hozir hech bo’lmasa bitta savolimga javob bera olgan bo’lardingiz.
* * *
Xola besh yashar jiyanidan so’radi:
— Sen oyingga uy yumushlarida yordamlashyapsanmi?
— Ha, har safar siz ketganingizdan keyin kumush qoshiqlarni qaytadan sanab chiqaman.
* * *
Qariya katta ko’chada yig’lab turardi. O’rta yashar erkak kelib so’radi:
— Otaxon, nega yig’layapsiz?
— E, kecha yosh ayolga uylandim. Juda go’zal, hamma ishni uddalaydi. Biram mehribon!
— Unda nega yig’laysiz?
— Qaerda yashashim esimdan chiqib qoldi.
* * *
Er xotinidan so’radi:
— Chips olib beraymi, xotinjon?
— Yo’q, chipsni yomon ko’raman. U sog’liq uchun zarar.
— Qiziq… Masalan, sen ham sog’liq uchun zararsan. Ammo men seni baribir yaxshi ko’raman-ku!
loading…