Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy 2023 yilda Turkiyadan o’g’irlangan 3 ming 59 tarixiy asar qaytarilganini ma’lum qildi.
Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qilgan bayonotida, Turkiyadan o’g’irlangan asarlarni qaytarish uchun sa’y-harakatlarini 2024 yilda ham xuddi shunday fidoyilik va qat’iyat bilan davom yettirishlarini bildirdi.
Qadimgi Perge va Bubon shaharlaridan olingan imperator haykallaridan Zeugma stelasiga va Urartu davriga oid asarlarga qadar minglab tarixiy meroslar tug’ilgan o’lkalarida hozirda namoyish yetilayotganligini ta’kidlagan Ersoy:
“O’tgan yili yurtimizga qaytarilgan ashyolar orasida Bolgariyaning katta qismiga yega Pont qiroli Mitradat VI Yevator davriga oid 2 ming 940 ta tanga, Amerika Qo’shma Shtatlarining Qadimgi Burdur Boubon shahridan kelib chiqqan, milodiy 2-3 asrlarga oid Septimius Severning bronza haykali bilan Antaliya Perge qazishmalaridan topilgan va milodiy 3 asrga oid marmar imperator boshlari, Italiyadan milodiy 2 asrga tegishli va Gaziantep Zeugma shahridan olingan yozuvli qabr stelasi, Shveysariyadan Urartu davriga oid bronza idishlar (miloddan avvalgi 9-7-asrlar), ot jabduqlari qismlari, kufa tipidagi but (miloddan avvalgi 3 ming yillar) va Rim davriga oid kiyik haykalchasi bor” dedi.