2023 yil davomida dunyo bo’ylab bir qancha rekordlar qayd etildi. Bu safar ham insonlar “eng…eng…eng…” degan e’tirofga sazovor bo’lish uchun “chegaralarni buzib o’tish”da, yangi marralarn zabt etishda davom etganini ko’rish mumkin. “Imkonsiz narsaning o’zi yo’q” ekanini namoyon etuvchi yangi rekordchilar bilan tanishtiramiz.
“AVVAL TAOM, KEYIN KALOM”
Eng katta pissa tayyorlandi
Pizza Hut – eng katta pissa “Ginnes rekordlari kitobi”dan avval ham joy olgan: 2012 yil Rimda NIPfood kompaniyasi 1261.6 kv. metrli pissa tayyorlagan. Bu safar tashabbus Los-Anjelesdayashovchi bloger Erik Dekkerdan chiqdi. Uning YouTube’dagi sahifasi 10 mln obunachiga ega. Bunga u Pizza Hut kompaniyasi bilan birgalikda 1 299.7 kv. metrlik ulkan pissa tayyorlab, erishdi. Taomga 6 ming 192 kg xamir, 2 ming 244 kg shirinsous, 3 ming 991 kg pishloq va 630 ming 496 bo’lakpepperoni (kolbasa turi) ishlatildi. Usti ko’kat va ziravorlar bilan bezatilib, pishirildi. Rekord rasman tasdiqlangach, pissa bo’laklarga bo’linib, xayriya tashkilotlariga tarqatildi.
“SOCh EMAS BU – ShARShARA”
32 yildan beri o’sayotgan soch 2 metrdan oshib ketdi
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yashovchi 46 yoshli Smita Shrivastava 14 yoshidan buyon sochini o’stirib keladi. Bu yil uning sochi uzunligi 236,22 sm (7 fut 9 dyuym)ga yetib, dunyo rekordiga erishdi.
Smitaning ilhomlantiruvchisi onasi bo’ladi. Shuningdek, uning o’zi 80-yillar hind aktrisalarining uzun va jiloli sochlariga havas qilib kelgan.
“Hind madaniyatida ayollarning sochi uzun bo’lishi odatga aylangan. Soch kesishga yaxshi ish emas, deb qaralgan, shuning uchun ayollar doim uni o’stirgan. Uzun sochlar – ayollarning chiroyidir”, –deydi rekordchi.
Uzun sochlarga parvarish ham kerak. Smita sochlarini yuvib quritish, tarash va turmaklashga har kuni 3 soatgacha vaqt sarflaydi. Uning qo’shimcha qilishicha, to’kilgan sochlarini ham 20 yildan beri to’plab keladi. Endi u Ginnesning rekordchilari safidan joy olganidan mamnun.
“HISOBDA ADAShSANG HAM, HAYoTDA ADAShMA”
Kalkulyator-odam rekordi
Iordaniyalik 51 yoshli Muhammad Sayaxin gap jumlasidagi harflarni tezda sanab berish qobiliyati bilan “Ginnes rekordlari kitobi”ga kirdi. U 10 ta gapda nechta harf borligini 35,5 soniya ichida aytdi. Harflarni hisoblayotganida aqliy konsentratsiya va barmoqlarining sezgirligiga tayanishini ma’lum qilgan.
Rekordchi 11 yil oldin “Arabs Got Talent”teleserialida qobiliyatini namoyish etib, tanilgandi.
“Men gapdagi harflarni sanashni maktab paytida boshlaganman. Hamma bolalar shunday qiloladi, deb o’ylardim. Matematika o’qituvchim bunday emasligini, menda qobiliyat borligini aytgach, tushunganman”, – deydi Muhammad Sayaxin.
“HAYoT KURAShIShDAN IBORAT”
Rekordlarga “to’ymas” sportchi
Buyuk Britaniyada yashovchi 18 yoshli Tom Yenoxsportning fitnes turi bilan shug’ullanadi va murabbiylik qiladi. U so’nggi bir necha yilda “Ginnes rekordlari kitobi”ning 24 ta sertifikatini qo’lga kiritgan. Tom Ginnesning yulduziga aylangan, deyish ham mumkin.
U Daun sindromi kasalligi bilan og’riydi. Uning sportga mehri bo’lakcha. Hozirgacha o’tirib turish, “otjimaniya” mashqlarini bajarishda yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda.
BO’LIShISh Facebook Twitter AvvalgiO’zbekistonda Ai-80 markali benzin narxi oshdimi? Vazirlik izoh berdiKeyingiFransiyada bayram kechasi 745 ta mashina bezorilar tomonidan yoqib yuborildi Behruz Hayitov O’XShASh MAQOLALARMUALLIFDAN Bu qiziq Yangi yilni nishonlash uchun dunyodagi eng qimmat shaharlar reytingi e’lon qilindi Bu qiziq O’zbekistondagi yangi yil archasi MDHdagi eng balandlaridan biri hisoblanadi Bu qiziq Bayrami dasturxonini bezashda rioya qilinadigan zarur talablar ma’lum qildi FIKR BILDIRISh Javobni bekor qilish Please enter your comment! Please enter your name here You have entered an incorrect email address! Please enter your email address here
Tavsiya qilamiz Xorijda 4 ta klub yevrokuboklardan chetlashtirilishi mumkin Behruz Hayitov — 27.12.2023, 01:13 0