image0

2024 yil O‘zbekistonda umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Mamlakatda tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi dinamikasi quyidagicha:

1991 yilda – 66,4 yosh

1995 yilda – 69,1 yosh

2000 yilda – 70,8 yosh

2005 yilda – 71,8 yosh

2010 yilda – 73 yosh

2015 yilda – 73,6 yosh

2020 yilda – 73,4 yosh

2024 yilda – 75,1 yoshni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil dunyoda 63,1 mln kishi, O‘zbekistonda esa 219,4 ming kishi vafot etishi mumkinligi prognoz qilingandi.