image0

Yaponiya dengiz suvida bir soat ichida to‘liq eriydigan plastmassa ishlab chiqardi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Tadqiqot RIKEN ilg‘or materiallar markazi va Tokio universiteti mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi. Ular yangi plastmassaning kichik bir qismi dengiz suvida atigi bir soat ichida qanday qilib yo‘qolishini ko‘rsatdi – qoldiq va zararli zarralarsiz.

“Bolalar qaysi sayyorada yashashni tanlash imkoniga ega emaslar. Bizning mas’uliyatimiz ularga yaxshi muhit qoldirishdir”, dedi loyiha menejeri Takuzo Aida.

Ishlanma nafaqat tabiat uchun xavfsiz, balki oddiy yog‘li plastmassa kabi bardoshlidir. Tuzga tegganda, u oddiy tarkibiy qismlarga parchalanadi, keyinchalik bakteriyalar tomonidan yo‘q qilinadi – mikroplastik hosil bo‘lmaydi.

Olimlarning fikricha, tuproqda (tuz ham bor) bunday plastmassa taxminan 200 soat ichida yo‘qoladi. Shu bilan birga, u toksik emas, yonmaydi va karbonat angidridni chiqarmaydi.

Tijoriylashtirish hali boshlanmagan, ammo Takuzo Aida ta’kidlaganidek, loyiha qadoqlash sanoatida allaqachon qiziqish uyg‘otgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2040 yilga borib plastik chiqindilar hajmi uch baravarga – yiliga 23-37 million tonnagacha ko‘payishi mumkin.