Joriy yilning 16-19 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, 16-17 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17-19 iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-44 darajagacha ko‘tariladi. Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy yilning iyun oyida ob-havo qanday bo‘lishi xabar qilingandi.