1. Dunyodagi jami odamlarning 10-12 foizi chapaqaydir. Chapaqaylar ko’proq erkaklar orasida ko’p uchraydi.
2. Har yili dunyo miqyosida 13 avgust kuni «Chapaqaylar kuni» nishonlanadi.
3. Turli davrlarda chapaqaylikka turlicha baho berishgan. Goh zararli odatga yo’yishgan, goh shayton belgisi deya qoralashgan, nevroz alomati deyishgan. Bizning davrda esa chapaqaylik ijod hamda musiqa sohasida tengsiz iste’dod ramzi sifatida baholandi.
4. Nyu-Yorkdagi Seynt Lourens universiteti olimlari o’tkazgan tadqiqotlar yer yuzida chapaqaylar o’naqaylarga qaraganda aqlan ko’proq taraqqiy etgan insonlar ekani ma’lum bo’ldi. Bunga olimlar Albert Eynshteyn, Isaak Nyuton, Darvin va Benjamin Franklinlar misol bo’la oladi.
5. Yoshi qirqdan o’tgan ayollar aksar holatlarda chapaqay farzandlarni dunyoga keltiradi.
6. Eskimoslarda har bir chapaqay folbin, jodugar hisoblanadi. Marokashda chapaqaylarni shayton deb atashadi. Ink qabilalarida chapaqaylar bemorlarni davolash, sehr-jodu ustalari hisoblanishgan. Shimoliy Amerika xalqlari chapaqaylarni omad timsoli sifatida qadrlashadi.
7. Islom qonuniga asoslangan ko’p davlatlarda odamlarga chap qo’l bilan ovqat yeyish taqiqlangan. Bu qo’l harom hisoblanadi. Saudiya Arabistonida esa chap qo’lni barchaga namoyish etish taqiqlangan.
8. Chapaqaylar matematika, me’morlik va topqirlikda tengsizdirlar.
9. Chapaqaylik avloddan avlodga meros sifatida o’tadi. Masalan, Angliya qirolligida Qirolicha Yelizaveta II, shahzoda Charlz va shahzoda Uilyam ham chapaqaydirlar.
10. Chapaqaylar miyasining o’ng va chapi o’rtasidagi aloqalar o’naqaylardagiga nisbatan kattaroq tezlikka ega. Demak, chapaqay miyasi axborotni o’naqaydan ko’ra tezroq qabul qiladi.
11. Muddati yetmay tug’ilgan chaqaloqlarning asosiy qismi chapaqay sanaladi.
12. Chapaqaylar jinsiy yetuklikka o’naqaylardan ko’ra kechroq erishadi.
13. Dunyo aholisining 1 foizi ham o’ng, ham chap qo’li bilan baravar ishlay oladi.
14. Yangi tug’ilgan chaqaloq qorni bilan yotqizilsa-yu, u o’naqay bo’lsa, boshini o’ng tarafga buradi. Chapaqay bo’lsa, chap tarafga buradi.
Olimjon HAYIT tayyorladi