KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Avtobus bekatidagi e’londan:

«Biz e’lon ko’chiruvchilarni e’lon ko’chirish vazifasiga ishga qabul qilish haqidagi e’lonlarni ko’chirish uchun e’lon ko’chiruvchilikka ishga qabul qilamiz».

 

* * *

 

— O’g’lim, bog’dagi gullarni sug’orib qo’y!

— Yomg’ir yog’yapti-ku!

— Nima bo’pti? Yomg’irpo’shing bor-ku, axir!

 

* * *

 

Pashshalar buqa bilan mushtlashishayotgandi. Mushtlasha-mushtlasha oxiri bir pashsha ikki metr nariga uchib ketdi-da, buqaga qichqirdi:

— Vey, mushtlashsang, halol mushtlashgin-da! Nega ko’krakka tepasan?

 

* * *

 

Gepard ona kiyikning ortidan quvlab o’zicha o’ylardi:

— Yetib olsam, o’ldiraman!..

Kiyik ketayotib uning ko’ziga tuproq sochib yubordi. Shunda gepard dedi:

— To’xtasang-chi, qarorim qat’iy! Jiddiy gapim bor senda!

— Hechqisi yo’q, men senga to’g’ri kelmayman! Boshqasini top!

“He hayvon”, — ko’nglidan o’tkazdi gepard to’xtab.

«Lallaymay o’l, — o’ylardi kiyik orqasiga qarab-qarab ketib borarkan, — Boshlanishiga kinoga taklif qilishniyam bilmaydi-ya!»

 

* * *

 

Yigit qizdan so’radi:

— Bunchayam kelishgansiz?

— Men qomatim buzilmasligi uchun faqat qora non yeb kun kechiraman.

— Yo’g’-e, nahotki?

— Ha.

— Keling, unda tezroq turmush quraylik!

 

* * *

 

Qari juhud qo’shnisiga dedi:

— Qanday kunlarga qoldik-a! Benzin yana qimmatlashibdi-ya!

— Sizga nima? Baribir mashinangiz yo’q-ku!

— Ie, «zajigalkam-chi?

 

* * *

 

Yigit qizga dedi:

— Turmush qursak, ko’-o’p pul ishlab topamiz-da, dengiz bo’ylariga dam olish uchun boramiz. Va bitta yaxtani ijaraga olib to’lqinlar osha maza qilib sayohat qilamiz.

Shu payt qizning ko’ngli behuzur bo’la boshladi.

Yigit:

— Senga nima bo’ldi?

— To’lqin juda kuchli ekan. Balandan-pastga tushayotib boshim aylanib ketdi.

 

* * *

 

Bolakay bog’da sayr qilib yurgan homilador ayolga qiziqsinib tikilib turdi-da, nihoyat so’radi:

— U nima?

— Mening bolam.

— Siz uni sevasizmi?

— Judayam sevaman.

— Unda nega yeb qo’ydingiz?

 

* * *

 

Erkaklarga ayollarning xushomadlari:

— Men sizning yoningizda bo’lsam, o’zimni juda aqlli his eta boshlayman.

— Juda jiddiy, o’ychansiz. Qamoqdan chiqib kelayapsizmi?

— Ko’ylagingizga tegib qolgan lab bo’yog’ining rangi juda chiroyli ekan.

— Men erkaklar uchun qizil paypoqlar ishlab chiqarila boshlaganidan bexabar ekanman.

— Yaxshi, siz bilan yashash maroqli. Lekin afsuski… Pulingiz juda kam qoldi.

 

* * *

 

Erkak go’zal bir qizni mashinasida manziligacha eltib qo’ydi. Qiz tushib ketayotib o’rindiqqa bitta mingtalik tashladi.

— Yaxshi qiz, bu ishingiz bilan meni haqorat qilayapsiz!

— Voy, qancha beray unda?

— Hech bo’lmasa, ikki ming.

— Yo’q, sizni ikki marta haqorat qilishni istamayman.

 

* * *

 

— Nega buncha qovog’ingni osiltirib olibsan? Biror narsa bo’ldimi?

— Kecha dollar sotib olgandim, pulim qolmadi.