Bobur ijodi misli bir ummon. Bu ummon ichida qanday dur-u gavharlar borligi hech birimizga to’liq ma’lum emas. Shoh va shoir ijodiga to’xtalar ekanmiz, ko’pgina izlanishlar olib borgan tadqiqotchilar, shu jumladan, boburshunos Xayrulla Ismatullayev qarashlariga alohida e’tibor berishimiz lozim.
O’z hayotini betob farzandi Humoyunga berishga tayyor bo’lgan ota – yozma vasiyatnoma yozib qoldirgan. Bu “Maxfiy vasiyatnoma” deb atalib, 935 hijriy yil ( 1529 yil 11 yanvar) “Nilufar” bog’ida yozilgan.
“Maxfiy vasiyatnoma” o’ng tomondan doira ichida Boburning “933. Podshoh Bahodir g’oziy Zahiriddin Muhammad Bobur” deb naqshlangan muhri ham berilgan. Bu vasiyatnoma Hindistonni boshqarishga oid bo’lgani uchun ham maxfiy sanalgan. Bu vasiyatnoma bilan hind professorlari Sayid Ross Ma’sud, H.Shervaniy hamda Jaypurdagi Rajaston universitetining professori tarixchi olim R.Nath tanish bo’lgan. Vasiyatnoma fors tilida yozilgan. Hindistonda sigir muqaddas bo’lganligi sababli “Hindistonning qalbini qo’lga kiritaman desangiz, sigir so’ymoqdan o’zingizni tiying, buning evaziga xalqning qalbi sizga yaqin bo’ladi”, deya nasihat qilinadi vasiyatnomada.
Hozirgi kunda Boburning vasiyatnomasi Bhopal Davlat kutubxonasida saqlanadi. Uning fotonusxasini birinchi bo’lib kutubxona mudiri B. Goshal olib, janob Said Ross Ma’sudga yuborgan. Vasiyatnoma nasta’liq xatida yozilgan.
47 yillik umrining 36 yilini jangu jadallarda o’tkazgan Bobur hindlar orasida “Qalandar” nomini olgan. U to’g’riso’z, haqiqatgo’y solnomachi, “Boburnoma” muallifidir.
Ruxsora Ziyodova,
O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi
xalq so’zi
loading…