1. Nok bundan 3 ming yil oldin qadimiy Gretsiyada yetishtirila boshlangan.
2. Nok yegandan keyin darhol suyuqlik ichib bo’lmaydi. Shunday qilinsa, jig’ildon qaynay boshlaydi.
3. Nok daraxtining tanasi shu qadar metinki, undan mebellar va musiqiy asboblar yasashadi.
4. Xitoyda nok keng miqyosda yetishtiriladi. Bu mamlakatda nokning sariq turi mashhur. U juda sersuv va shirin.
5. Hozirgi kunda nokning uch mingdan ziyod turi mavjud.
6. Dunyodagi eng kattakon nok Yaponiyada yetishtirilgan. Bu nokning sof vazni uch kilogrammni tashkil etgan.
7. Vrachlar oshqozonida muammosi borlarga nok iste’mol qilishni maslahat berishmaydi.
8. Shveysariyada nokdan maxsus qiyom tayyorlashadi. Unga «Nok asali» deb nom berishgan.
9. Ba’zi xalqlar nokni «Ayollar mevasi» deb ataydi. Bunga nokning ayol qomatiga o’xshab ketishi asosiy sabab qilib ko’rsatilgan. Bundan tashqari, nok tarkibidagi «E» vitamini ayollarga qo’shimcha joziba ato etadi, yoshartiradi.
10. Qadimiy Xitoyda nok daraxti abadiylik va ayriliq ramzi hisoblangan.
11. Nokning yumshoq, nafis, sersuv va shirin turi tishlarni mustahkamlaydi. Bu amalni nok tarkibidagi tabiiy kalsiy va fosfor ado etadi.
12. Nok tarkibida kaliy ko’pligi boismi, u yurak faoliyatini yaxshilab boradi. Yurak urishini me’yorda ushlab turadi.
13. Bu meva tarkibidagi aminokislotalar stressdan xalos bo’lishda katta yordam beradi, organizmni mustahkamlaydi, turli yuqumli xastaliklar viruslarini yaqinlashtirmaydi.
14. Nok organizmdagi moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Jismoniy zo’riqishga yo’liqqanda nok iste’mol qilsa, odam tezroq horg’inlik girdobidan chiqib ketadi.
15. Nok homilador ayollar uchun ham har taraflama foydali.
16. Nokni suv yoki sut ichgandan keyin, och qoringa yeb bo’lmaydi. Oshqozon faoliyati buziladi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…