BILASIZMI…

 

 

AMERIKADAGI HAM AHMOQONA, HAM OQILONA QONUN

 

Amerikaning Indiana shtati gubernatori Mitch Deniels 2012 yili yangi qonunga imzo chekdi. Bunga ko’ra, agar politsiyachi fuqarolarning uyiga qo’lida rasmiy ordersiz kirsa, uy egasi uni otib tashlash huquqiga ega. Buning uchun fuqaro jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Shubhasiz, gubernatorning bu ham ahmoqona, ham oqilona g’oyasi fuqarolarni ruhlantirib yubordi. Politsiyachilar esa shokka tushib qolishdi. Negaki, mamlakatda politsiya va fuqarolar teng huquqqa ega bo’lishi aqlga sig’maydigan narsa-da.

Politsiya xodimlaridan biri Jozef Xabbard ta’kidladiki, o’shandan beri politsiyada ishlaydiganlar rostakam shokka tushib qolishgan. Lekin bu qonunning oqilona o’ylangan joyi ham yo’q emas. Agar politsiyachi haqiqatan qonun asosida ish tutsa, egallab turgan lavozimini suiste’mol qilmaydi. Kimnidir tutish yoki kimningdir uyini tintuv qilish zarur bo’lsa, albatta order oladi. Biladiki, bu hujjatsiz hayoti xavf ostida qoladi. Ayniqsa, amerikaliklarning deyarli barchasi uyida sovuq qurol asrashini hisobga olsa, albatta miyasini ishlatadi. Hayotini xavf ostiga qo’ymaydi. Qonunni buzmaslikka intiladi. Bu esa shtatda politsiyachilar tarafidan sodir etiladigan qonunbuzarliklarga barham beradi.

Olimjon HAYIT tayyorladi