Prezidentlar Avraam Linkoln hamda Jon Kennedi – ularni nima bog'lab turadi?

AQShning ikki prezidenti – Avraam Linkoln va Jon Kennedilar taqdiridagi g’alati o’xshashliklar uzoq yillardan buyon butun dunyoni hayron qoldirib keladi.
Ikkala prezident ham juma kuni bayram arafasida otib o’ldirilgan. Suiqasd uyushtirilgan damda ularning har ikkisi yonida turmush o’rtog’i bo’lgan. Ularning har ikkisi to’rt nafardan farzandning otasi hisoblangan.
Yana bir qiziqarli o’xshashlik. Prezident Kennedi kotibasining familiyasi missis Linkoln bo’lgan. Avraam Linkolnga hamisha “labbay”, deb turgan kotibning ismi esa Jon bo’lgan.
Suiqasd qurboni bo’lgan ikkala prezidentdan so’ng ham ularning o’rnini Jonson familiyali vitse-prezidentlar egallagan.