Vashington shtatida istiqomat qiluvchi Verd Iden ismli nafaqaxo’r 87 yoshida vanihoyat o’z orzusini amalga oshirib, yangi Chevrolet Corvette sportkarini sotib oldi, deb xabar beradi Motor. Erkakning aytishicha, u bunday mashina xarid qilishni anchadan buyon orzu qilib yurgan, biroq modelning oldingi avlodi old motorli ekani unga yoqmagan, chunki old qismni Corvette uchun juda og’ir deb hisoblagan. O’rta motorli versiya chiqishi bilan u dilerning oldiga yo’l olib, o’ziga avtomobil buyurtma qilgan.
Vern Iden butun umrini mashina boshqarib o’tkazgan. TheSpokesman-Review jurnaliga bergan intervyusida u umrining so’nggi 44 yili davomida yuk mashinasi boshqarganini, shundan 40 yilida URM mahsulotlar distribyutorida yetkazib beruvchi bo’lib ishlaganini ma’lum qilgan. Bo’sh vaqtida u oilaviy fermasi bilan shug’ullangan, ta’tilda esa rafiqasi Linda bilan dunyo bo’ylab sayohatlarga otlangan. Idenning ta’kidlashicha, uning eng sevimli mamlakati — Kambodja, chunki u yerda bir kunga besh dollar to’lab mototsikl ijaraga olish mumkin.
Iden doim Corvette xarid qilish orzusi bilan yashagan. Biroq unga oldingi modellarning yaratilishi yoqmagan: ekrakning fikricha, old motorli komponovka sportkar uchun juda omadsiz bo’lgan va old qismni juda og’irlashtirib yuborgan. O’rta motorli yangi versiyasi chiqqach, barchasi o’zgargan.
Nafaqaxo’r avvaliga yuk mashinasi bilan bir xil bo’lishi uchun avtomobilning ko’k ranglisini tanlashni rejalashtirgan, biroq oxir-oqibat qizil rang sportkarga mos ekanligini qaror qilgan. Iden o’z avtomobilini pandemiya sabab yuzaga kelgani uzilishlar bois 1,5 yil kutgan. Hozirgi kunda u rafiqasi bilan 500 ot kuchini taqdim etishga qodir 6,2 litrli V8 o’rnatilgan mashinasida harakatlanmoqda.
Avvalroq Floridada 90 yoshli nafaqaxo’r tug’ilgan kunida yangi Chevrolet Corvette sotib olgani to’g’risida xabar berilgandi.