KUN KULGISI !!!

***

Jiyan:

-Xola, sovg’a uchun sizga minnatdorchilik bildiraman.

Xola:

-E, arzimaydi.

Jiyan:

-Bilaman. Ammo oyim albatta minnatdorchilik bildirishimni tayinlagan.

***

To’rt yashar bola otasiga topishmoq aytdi.

-Zin-zin-zin, miyov-miyov! Nima?

-Bilmayman.

-E, bu mushuk tramvayda keldi degani. Zin-zin-zin, vov-vov-vov! Nima?

-It tramvayda kelgan bo’lsa kerak.

Topolmadingiz. Bu oyim ishdan keldi degani.

***

Bolakay do’stiga dedi:

-Men juda qo’rqib ketayapman.

-Nimadan?

-Yaqinda dadam yangi mashina sotib olib, eskisini sotib yuborgandi.

-Nima bo’pti?

Kecha menga aytishdiki, oyim yangi chaqaloq olib kelarmish.

***

Qiz onasiga dedi:

-Oyi, maslahat bering. Boshim qotib qoldi. Uch yigitning qay birini tanlay? Biri yaxshi pul topadi. Ikkinchisi juda aqlli. Uchinchisi zo’r raqsga tusharkan.

Anavi… Birinchisi raqsga tushishni o’rganmasmikan?

***

2050 yil. Yangi kuyov xotiniga supurgi keltirib tutqazgach, u supurgini aylantira-aylantira so’radi:

— Buning qanday     ishlatish haqidagi yo’riqnomasi qani?

***

-O’tgan haftada xotinimning ko’ziga qum kirib ketgandi. Vrachga olib borsam, naq 20 dollar pul ketdi-ya!

Bu hech narsa emas. Uch kun avval xotinimning ko’ziga yoqasi ayiq terisidan tikilgan palto tegib ketib, naqd 300 dollarga tushib o’tiribman.

***

-Uyda xotiningga ro’zg’or ishlarida yordam berib turasanmi?

Yo’q. Hamma ishni o’zim qilaman.

***

-Qanday qilsam, xotinim bilan janjallashmayman. Qachon qarasa, gapimning teskarisini gapiraveradi.

-Nima deydi?

Masalan, unga uyga kelgach, “Xayrli kech”, desam, u “Xayrli tong” deb javob qaytaradi.

* * *

Erkaklar pulni shunchaki, o’ylamasdan sarflashadi. Ayollar esa, aql bilan sarflashadi. Ammo sarflab bo’lgandan keyin qarashsa, aql ham pulga qo’shilib ketib qolgan bo’lib chiqadi.

* * *

Erkak kompyuter qarshisida o’tirgandi. Kutilmaganda derazadan qog’ozga o’ralgan g’isht uchib kirib to’g’ri monitorga tegdi. Monitor sindi. Erkak sekin g’ishtni qog’ozdan olib qarasa, qog’ozga quyidagi so’zlar yozib qo’yilibdi:

— Yangi monitor sotaman!

* * *

Uch og’a-ini bahodirlarning eng kenjasi yolg’iz o’rmonda ketayotib toshdagi yozuvga ko’zi tushib qoldi. Toshga quyidagi yozuvlar bitilgandi:

— Chapga yursang, suv topasan. O’ngga yursang, gaz topasan. To’g’riga yursang, metroga tushasan…