image0

2024 yilda eng boy 500 kishining umumiy boyligi 10 trillion dollardan oshdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sish bo‘yicha dastlabki o‘rinlarni Ilon Mask, Mark Sukerberg va Jensen Huang egallamoqda. Ular Tesla, SpaceX, Meta va Nvidia kompaniyalarini boshqaradi. Ulardan keyin Oracle kompaniyasining asoschisi va sobiq bosh ijrochi direktori Larri Ellison, Amazon asoschisi Jeff Bezos, Dell rahbari Maykl Dell va Google asoschisi Larri Peyj va Sergey Brin kelmoqda.

“Yetti texnologik titanlar ushbu yil yakka holda 600 milliard dollardan ortiq daromad ko‘rgan. Bu esa “Bloomberg” milliarderlari indeksi bo‘yicha eng boy 500 kishi o‘rtasidagi 1,5 trillion dollarlik o‘sishning 43 foizini tashkil etadi”, deyiladi xabarda.

1 yanvar holatiga dunyodagi eng boy 10 kishi ro‘yxati quyidagicha:

  1. Ilon Mask – 432 milliard dollar;
  2. Jeff Bezos – 239 milliard dollar;
  3. Mark Sukerberg – 270 milliard dollar;
  4. Larri Ellison – 192 milliard dollar;
  5. Bernar Arno – 176 milliard dollar;
  6. Larri Peyj – 168 milliard dollar;
  7. Bill Geyts  – 159 milliard dollar;
  8. Sergey Brin – 158 milliard dollar;
  9. Stiv Balmer  – 147 milliard dollar;
  10. Uorren Baffet  – 142 milliard dollar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikalik milliarder, SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask tarixda boyligi 400 milliard dollardan oshgan birinchi shaxs bo‘lgan edi.