image0

Dunyodagi eng keksa ot – Ekouket 36 yoshida rekord o‘rnatganidan so‘ng kutilmaganda vafot etdi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi o‘z sahifasida xabar berdi.

Ot 1988 yil 8 mayda Arizonada tug‘ilgan, u qorli Shveysariyada o‘sgan, ammo keyinchalik AQSHning Texas shtatida yashagan. U 36 yosh-u 222 kunlik edi, u 2024 yilning dekabr oyida Ostinda to‘satdan va kutilmaganda o‘tkir jigar yetishmovchiligidan nobud bo‘lgan. Otning yoshini inson yoshiga taqqoslaganda taxminan 110 yoshga teng.

“Biz Ekouketni birinchi marta 1993 yilning aprel oyida Shveysariyadagi savdo rastasida ko‘rdik. O‘sha paytda biz hayotimizni butunlay o‘zgartiradigan otni topgan edik. U bizga boshini egib qaradi, xuddi qiziquvchan itga o‘xshab, yoqimli va g‘ayrioddiy imo-ishora bizning e’tiborimizni darhol tortdi”, deydi egasi Endryu Xaus.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada dunyodagi eng keksa mushuk Rozi 33 yoshida vafot etgandi. Rozining egasi britaniyalik Lila Brissett hozir 73 yoshda bo‘lib, ular Norfolkdagi Norvich shahrida yashagan. O‘limdan oldin hayvon zaif va kasal edi. Mushuk egasining aytishicha, Rozi uyning koridoriga kirib yotganicha qaytib turmagan.