Yapon olimlari “mo''jizaviy oyna” ixtiro qildi

Yaponiyalik olimlar yasagan mo»jizaviy oynani sindirsangiz bir zumda asl holiga qaytadi. Sintetik polimerlardan yasalgan oynani tekshirish mobaynida sindirib ikki bo’lakka ajratildi, so’ngra xona haroratida bo’laklarini birlashtirib qo’yildi. Ikki bo’lak bir-biriga bir necha daqiqada birikib qoldi, asl holiga to’la qaytishi uchun ko’pi bilan olti soatcha vaqt kerak xolos.

Shundan so’ng mo»jizaviy oynamiz yana pishiq holatiga qaytib, yuklanishga bardoshli bo’lib qoldi. Olimlar vodorod aloqalari ta’siri orqali bunday oyna yasashga muvaffaq bo’lgan. Oyna molekulalari birlashtirilganda dastlabki holatiga qaytadi.

 

manba: sof.uz