1. 1853 yil 24 avgustida “Moons Lake House” restorani oshpazi Jork Kram doimiy mijozlaridan biri uchun kartoshkani u istagandek qovurib berishga rozi bo’ladi. Mijoz Kramdan kartoshkani yirik to’g’raysiz, deya norozi bo’lib, shunday iltimos qilgandi. Kram bo’lsa, ranjib, kartoshkani piyoz nozikligida parralab, qaynoq yog’da qattiq qilib qovuradi. Ataylab tuzini ham ko’p soladi. Keyin esa kutilmagan voqea sodir bo’ladi. Jo’rttaga “buzib” tayyorlangan taom unga ma’qul keldi va boshqa mijozlar ham talab qila boshlashdi.
Ana shundan so’ng restoranning menyusiga yangi taom – Chips kiritiladi. Chips 1917 yilda xalqaro taomlar rechepti kulinariy kitobiga ham kiritiladi.
2. 1914 yilda shaxzoda Frans Ferdinandning qatli Birinchi Jahon urushining boshlanishi uchun bahona bo’ldi. Shaxzodaga qilingan bir necha suiqasd omadsiz chiqqan bo’lsa-da, biroq alaloqibat bosh berdi. 28 iyulda Sarayevoga kelgan shaxzoda o’ldirilishi shubha ostiga olingan edi, biroq shaxzoda portlashda omon qoldi.
Keyinchalik portlashda qurbon bo’lganlarni ziyorat qilgani portlash joyiga kelgan shaxzoda Frans Ferdinandning mashinasi Frans Iosif ko’chasiga qaytishi bilan kafe yonida Birinchi Jahon urushining ilk otashlari ochildi.
3. 1945-yilda Persi Spenser Lebaron Amerikaning Reytheron shirkati uchun radarlar ustida 20 yil ishlagan. Uddasidan chiqolmayotgan edi-yu, ammo bir kuni kuchli tezlik bilan siljuvchi to’lqinlar yoyadigan qurilmaning yonidan o’tayotib, cho’ntagidagi shokolad (ayrim manbalarda shokoladli buterbrod) erib ketganini sezadi.
Shu tariqa 1945 yil oktyabr oyida radarange nomi ostida mikroto’lqinli uskunaga patent oladi. Natijada sizu bizga yaxshi tanish bo’lgan popkorn iste’molga kirdi.
Humoyun tayyorladi