XOH IShONING, XOH IShONMANG… 1

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

QULOQ HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Quloq insonning o’zini o’zi tozalovchi yagona a’zosidir.

2. Biz ba’zida qulog’imizga «rakushka»ni bosganda, «sh-sh-sh-sh-sh» degan tovushni eshitamiz. To’g’rimi? Ko’pchilik buni dengiz tovushi deb o’ylaydi. Aslida esa bu tomirlarimizda oqayotgan qonning tovushi ekan.

3. Odam muvozanatni saqlashida quloq muhim ahamiyat kasb etadi.

4. Tug’ilish jarayonida chaqaloqning quloqlari eng past ovozlarni ham bemalol eshita oladi.

5. Odamning quloqlari umrining oxiriga qadar o’sishda davom etadi.

6. Ko’p ovqat yeydigan odamning eshitish imkoniyatlari vaqt o’tgani sayin pasayib boradi.

7. Quloqning kar bo’lishiga asosiy sababchi sifatida kuchli shovqin e’tirof etiladi.

8. Fillar nafaqat quloqlari, balki oyoqlari va xartumi bilan ham eshita oladi.

9. Har bir odamning quloqlari tovushlarni o’ziga xos ranglarda qabul qiladi.

10. Jirafa quloqlarini tili yordamida tozalaydi.

11. Chigirtka tovushlarni quloq emas, panjalari yordamida eshitadi.

12. Odamning quloqlari taxminan 3-4 mingta tovushni turli chastotalarda farqlash imkoniga ega.

13. Dunyoda har o’ninchi odamning quloqlari yaxshi eshitmaydi.

14. Chaqaloqning yig’i tovushi avtomobil signalidan ham balandroq hisoblanadi.

15. Betxoven hayotda kar bo’lgan ekan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG… 2XOH IShONING, XOH IShONMANG… 3XOH IShONING, XOH IShONMANG… 4

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *