* * *
Birinchi qavatdagi kvartiraning eshigidagi yozuvdan:
— Bu eshik liftniki emas!
* * *
— Kecha qo’shni domda avtohalokat yuz beribdi.
— Nahotki?
— Ha, ikkita lift to’qnashib ketibdi.
* * *
Mehmonxonadan alohida xona olgan erkak dedi:
— Oh, qanday oynalar! Juda chiroyli qoraytirishibdi.
— Yo’q, bu oynalarni ikki yildan beri yuvishmagan, xolos.
* * *
— Allo, bu poliklinikami?
— Ha.
— Analizlarni pochta orqali qabul qilasizlarmi?
— Ha, faqat elektron pochta orqali.
* * *
“Tez yordam”ga qo’ng’iroq qilishdi:
— Iltimos, menga yordam bering! Umrim 59 soniyagina qoldi.
— Xo’p bo’ladi, bir daqiqa…
* * *
Yangi o’zbek bankka kelib hisobchidan so’radi:
— Sizlardan yuz dollargina kredit olsam bo’ladimi?
— Ha, bo’ladi. Ammo sizga aytib qo’yay. Bankimizda eski qoidalar saqlanib qolgan. Ya’ni, kredit olayotganingizda nimanidir garov sifatida tashlab ketishingiz lozim.
— Ana, “Kadillak” mashinamni ola qoling!..
— Bo’pti, yiliga uch foizdan qo’shib qaytarasiz!
Yangi o’zbek yuz dollarni oldi-da, bir yildan so’ng bir yuz uch dollar qilib qaytardi.
Hisobchi undan so’radi:
— Tushunmadim. Bizni ahmoq qilmoqchi bo’ldingizmi? Shunday badavlat odam bankdan yuz dollar olib o’tirsa?! Yo buning biror siri bormi?
— Albatta. O’zingiz o’ylang, shunday mashinamga sizlardagiday arzon garajni qaerdan topaman, axir?
* * *
Institut. Beshinchi para. Talabalar juda charchashgan. Kimdir muallimdan iltimos qildi.
— Domla, qo’yib yubora qoling, juda charchadik!
— Yaxshi, qo’limdagi mana shu bo’r tugasa, ketaverasizlar.
Orqa partadan kimdir qichqirdi:
— O’sha bo’rni menga bering, yeb qo’ya qolaman!
* * *
Jurnalistga sherigi dedi:
— Tabriklayman! Merosxo’rli bo’libsiz!
— E, mening maoshim bilan qanaqasiga merosxo’rli bo’lishim mumkin? Faqat farzandli bo’lishim mumkin, xolos.
* * *
Astronomlarning yaqinda xabar berishlariga qaraganda, fazodan 463 milliard kub km spirt topilganmish…
Ma’lumot berishdi. Rossiya fazogirlari shu munosabat bilan kechayu kunduzlik ish rejimiga o’tishibdi. (Gazetadagi e’londan)
* * *
— Tushunmadim. Yaqindagina uylanganding, shekilli? Nega haliyam paltongning tugmasini o’zing qadab o’tiribsan?
— Bu xotinimning paltosi, ahmoq!