image0

2025 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholi soni qariyb 37 859 698 kishini tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan.

Shundan:

  • Ayollar soni – 18,8 mln kishi;
  • Erkaklar soni – 19,1 mln kishi;
  • Shahar joylarda – 19,3 mln kishi;
  • Qishloq joylarda – 18,6 mln kishi istiqomat qiladi.

World Population Review ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda 1 mlrd 463 mln aholi bilan Hindiston dunyoda birinchi o‘rinda bo‘lsa, 1 mlrd 416 mln aholisi bilan Xitoy bu borada ikkinchi o‘rinni band etgan. Kuchli uchlikdagi AQSHning 347 mln nafar doimiy aholisi bor. O‘zbekiston bu ro‘xatda 43-pog‘onadan o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo‘yicha tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha Toshkent shahri aholisi yetakchilik qilayotgani xabar qilingandi. Poytaxtda ushbu ko‘rsatkich 76,8 yoshni tashkil etmoqda.