XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

KOSMONAVTLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Kosmonavtlar fazodalik paytida ko’plab mahsulotlarni suyuq holda iste’mol qilishadi. Ular gel ko’rinishida bo’lib, tish pastalari, kremlar joylanadigan siqib chiqaruvchi idishlarga joylangan bo’ladi.

2. Xalqaro fazo stansiyasidagi kosmonavtlar doimiy tarzda jismoniy mashqlarni bajarishadi. Bu ish muallaqlik holatida formani yo’qotmaslik maqsadida amalga oshiriladi.

3. Muallaqlik holatida tortish kuchi bo’lmaydi. Odamning umurtqa pog’onasi yanada to’g’ri shaklga kira boshlaydi. Kosmonavtlarning bo’yi buning natijasida bir necha santimetrga o’sishi kuzatiladi.

4. Aksariyat kosmonavtlarni yerga qo’ngandan keyin boshqatdan yurishga o’rgatishadi.

5. Amerikada kosmonavtlarni astronavtlar, Xitoyda teykunavtlar deb atashadi.

6. Kosmonavtlar uzoq vaqt fazoda bo’lish tufayli yerga tushgandan keyin buyumlar aslida irg’itilganda yerga qaytib tushishiga yangitdan ko’nikishi kerak bo’ladi.

7. Kosmonavtika tarixiga nazar tashlansa, bugungi kunga qadar fazoda bo’la turib bironta ham kosmonavt o’lim topmagan. Bu fojia yo raketa parvozi yoki yerga qo’nish jarayonida sodir bo’lgan chiqishi mumkin.

8. «Appolon-11» missiyasi kosmonavtlari Oyga chiqib, yerga qaytishgach, bojxona ko’rigidan o’tkazilgan. Yuklar ro’yxatidan iborat bojxona deklaratsiyasiga «Oydan tushgan chang va tosh» deya yozib qo’yishgan. Kulgili. To’g’ri emasmi?

9. Ko’pchilik kosmonavtlar orbitaga chiqqach, muallaqlik holatiga ilk bor duch kelgan bo’lsa, fazo xastaligidan azoblana boshlaydi. Bu bosh aylanishi va tiqilinchni his etish, ko’ngil aynishida ko’zga tashlanadi.

10. Kosmonavtika tarixida eng ko’p fazoda bo’lib qaytgan kosmonavt Gennadiy Padalka hisoblanadi. U orbitada jami 878 kun yashagan.

11. Fazoda uzoq vaqt qolib ketgan kosmonavtlarning suyaklari mo’rtlashib qoladi. Negaki, fazodalik paytida ular organizmidagi kalsiy miqdori kamayib ketadi.

12. Agar kosmonavt yerda kechalari xurrak otgan bo’lsa, fazoga chiqqach, bu odati umuman yo’qoladi.

13. Xalqaro fazo stansiyasidagi kosmonavtlar bir kecha kunduzda 16 marta quyosh chiqishi va botish jarayonini kuzatishadi. Shuning uchun o’zlariga qulay bo’lishini hisobga olib shartli vaqtni belgilab olishadi.

14. Kosmonavtlar tish tozalashda pastani yerga tupurib tashlash o’rniga ichga yutishadi. Chunki muallaqlik holatida tish pastasini tupurish mumkin emas. Albatta, ular uchun maxsus tish pastalari tayyorlanadi. Ular salomatlik uchun xavfsiz. Ammo baribir yutish yoqimsiz kechadi.

15. Dunyoda birinchi bo’lib kosmonavt Georgiy Grechko skafandrda ochiq fazoga chiqqan. U xalqaro fazo kemasining tashqarisida jami 23 daqiqa-yu, 41 soniya bo’lgan. Lekin sal bo’lmasa, kemaga kira olmay qolayozgan. Sababi, uzoq vaqt fazoda turishi bois skafandr shishib ketgan va eshikka sig’may qolgan. Xayriyatki, hamkasblari kuch bilan uni ichkariga tortib olishgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi