BI-IR KULIShMAYMIZMI?..

 

 

* * *

 

Birinchi o’qish kuni. Muallima birinchi sinfga kelgan o’quvchilarni partalarga o’tqazib chiqyapti.

— Shahnoz, Eshmat bilan bir partada o’tirasan!

— U bilan o’tirmayman.

— Voy, nega?

— Uning sevgan qizi «1-A»da!

 

* * *

 

O’g’rilar bankni o’marib ketishdi. Ulardan biri sumka to’la pullarni sanab ko’rmoqchi bo’lgandi, sherigi dedi:

— Sanab nima qilasan? Ertaga gazeta do’koniga chiqib gazeta sotib ol. O’shanda qancha pul o’g’irlaganimizni bilasan-qo’yasan!

 

* * *

 

O’limga mahkum etilgan odam jallodga dedi:

— Men bu kundaga boshimni qo’yishdan bosh tortaman. Kundani ikki barobar pastga tushiring!

— Nega?

— Chunki, bu balandlikdan boshim pastga yumalab tushsa, miya chayqalish kasaliga uchrashim mumkin.

 

* * *

 

Katta yo’l o’rtasida BMV turibdi. Haydovchi motorga o’t qo’ya olmay halak. Orqada turib qolgan mashinalar tinmay signal chalishyapti. Shunda BMVdan jinni chiqdi-da, orqada turgan birinchi mashinaga yaqin borib haydovchiga dedi:

— Og’ayni, kel, sening o’rningga signal chalib turay, sen mashinamni sozlab ber!

 

* * *

 

Erkak oltin baliq tutib oldi. Baliq:

— Uchta tilak ayt, ado qilaman! Faqat bilib qo’y, senda bor narsa qo’shningda o’n barobar ko’p bo’ladi!

Erkak bir million dollar so’radi. Shu zahoti qo’shnisida o’n million dollar paydo bo’ldi. Shunda erkak baliqqa dedi:

— Iltimos, meni mikroinfarktga duchor qil!

 

* * *

 

Ishdan charchab uyga qaytgan er xotiniga dedi:

— Tez kechki ovqatni suz! Ovqatlanaman-u, yotib dam olaman. Kim so’rasa, uyda yo’q degin!

Er ovqatlanib bo’lgach, endigina divanga yonboshlagandi, telefon jiringladi. Go’shakni xotini ko’tardi.

— Allo!.. Ha… Erim uyda!..

Er:

— Axir iltimos qilgandim-ku meni uyda yo’q degin deb!..

— Xavotir olmang!.. Sizga qo’ng’iroq qilishgani yo’q!

 

* * *

 

Gazetadagi e’londan:

— Yosh, kelishgan, dengizda yaxtalari bor, boyvachcha, zararli odatlarsiz yigit turmush o’rtog’i qidiryapti. Telefon…

Hayajonga tushgan bir qiz darhol qo’ng’iroq qilib undan so’radi:

— Nahotki, birontayam yomon odatlaringiz bo’lmasa?..

— Bilasizmi… Bir odatim bor… Ahyon-ahyonda yolg’on gapirib qo’yaman…

 

* * *

 

Mashina haydab ketayotgan ayolni militsioner to’xtatib so’radi:

— Siz mashinada ketyapsiz. Men qo’limni ko’tardim. Bu nimani anglatadi? Bilasizmi?

— Nega bilmas ekanman? O’ttiz yildan beri maktabda o’qituvchilik qilaman, axir!

 

* * *

 

Qurilishda.

— Prorab, belkurak sinib qoldi, nima qilay?

— Ana, suyultirilgan betonga tiqib ol, tiklanadi-qoladi!

 

* * *

 

— Nima qilyapsan?

— Ko’rlarning alfavitini o’rganyapman.

— Nima qilasan uni? Ko’rish qobiliyating susaydimi?

— Yo’q, uyda chiroq yo’qligida o’qishim uchun kerak.