XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ShIMPANZE HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Shimpanzelarning eng yirik turi Tanzaniyada umr kechiradi.

2. Odam DNK si shimpanze DNK si bilan 99 foizga bir xil.

3. Shimpanzelar o’rtacha 50 yil va undan ko’proq yashaydi.

4. Shimpanze ko’zgudagi aksini taniydigan yagona maymun turidir.

5. Boshqa bir maymun yoki odam esnayotganini ko’rsa bas, u ham esnashga tushadi.

6. Shimpanzelar orasida kanniballari ham uchrab turadi.

7. Yoshi ulug’ shimpanze erkagi 70-80 kilogramm vaznga ega. Urg’ochisi esa bu qadar yirik bo’lmaydi.

8. Shimpanze nafaqat meva va daraxt barglari, balki go’sht, qumursqalarni ham paqqos tushiradi.

9. Shimpanzelar yolg’izlikda yashay olmaydi. Ular albatta oila-oila bo’lib umr kechiradi.

10. Shimpanze bolalari ham xuddi odam bolalari kabi turli o’yinlar o’ylab topib, o’shalar bilan andarmon bo’ladi.

11. Shimpanze boshqa maymun turlariga nisbatan tajovuzkor. Faqat gorillaga bu odatini namoyish eta olmaydi xolos.

12. Ba’zan shimpanzelar guruhi boshqa bir guruh bilan rosmana urush qiladi. Bu urush yillab davom etishi mumkin.

13. Shimpanzening yoshi ulug’ erkagi odamga nisbatan 20-30 foiz ko’proq kuchga ega.

14. Shimpanzeni kar-soqovlar tiliga bemalol o’rgatsa bo’ladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…