BI-IR KULIShMAYMIZMI, TOG'A?..

 

 

* * *

 

Ikki kampir o’zaro gaplashishyapti.

— Anavi qo’shnining maktabda o’qiydigan o’g’li shahar tashqarisidan haqiqiy mina topib olibdi.

— Ha, biznikigayam eshitildi.

 

* * *

 

Tarix darsida muallim o’quvchilarga nemis konslageri haqida gapirib berayotgandi. Bir o’quvchi uning so’zini bo’ldi.

— Mening bobom o’sha konslagerda halok bo’lgan ekan.

— Bobongni qiynab o’ldirishgan ekanmi?

— Yo’q, mastlikda soqchilar turadigan vishkadan yiqilib tushibdi.

 

* * *

 

O’quv mashg’ulotlari paytida serjant sezdiki, yangi chaqirilgan askarlardan biri tinimsiz titrayapti.

U so’radi:

— Nega qaltirayapsan?

— Yo’q, men qo’rqqanimdan qaltirayotganim yo’q. Dushman hali mening bu yerdaligimni bilmaydi. Bildirib qo’ygim kelyapti.

 

* * *

 

Ikki jinni baliq ovlardi. Biri kattakon cho’rtanni tutib oldi-yu, qo’rqqanidan sherigidan so’radi:

— Buni qanday o’ldiraman?

— Ie, cho’ktirib yubor, o’ladi-qoladi!

 

* * *

 

Chukcha vannaxonada cho’milayotib xotiniga qichqirdi:

— Xotin, manavi shampun quruq sochlar uchun ekan. Men sochimni ho’llab qo’yibman-ku, nima qilay?

 

* * *

 

Er-xotin qariguncha kim kimga qancha xiyonat qilsa, qopga shuncha un solib qo’yishga kelishib olishdi. Qarishgach, er uyalgan ko’yi kichkinagina qopchada un ko’tarib kelib xotinining oldiga tashladi.

— Qani, endi sen ko’rsat-chi!

Kampir katta qanorda un keltirib erning oldiga qo’ydi.

— Atigi shumi?

— Yo’q, axir, bu qanordan un olib qancha marta sizga non pishirib berganman!

 

* * *

 

To’rt erkak yap-yangi “Zaporojes”da ketishyapti. Hamma oynalar yopiq. Terlab ketishgan. Sheriklardan biri haydovchiga dedi:

— Oynalarni ochib qo’y, hozir bo’g’ilib o’lamiz-ku!

— Qo’yaver, ko’rganlar mashinamizda konditsioner bor ekan deb o’ylashadi.

 

* * *

 

Yangi boy mashinasini texnik ko’rikdan o’tkazayapti. Inspektor so’radi:

— Manavi qizil tugmacha nima?

— Bu yomg’irdan… Bossangiz…

— Tushundim, darrov mashinaning tepa qismi yopiladi.

— Yo’q, yomg’ir yog’ishdan to’xtaydi.

 

* * *

 

Juhud og’aynisidan so’radi:

— Shunday yaxshi soatni qaerdan sotib olding?

—   Otam o’limidan oldin sotgan.

 

***

 

Qari juhud o’layotib o’g’illariga vasiyat qildi:

— Tobutimga topgan pullarimning hammasini solib keyin meni dafn qilinglar!

O’g’illar shuncha harakat qilishsayam pullar tobutga sig’masmish. Shu payt ko’chadan boshqa bir qari juhud o’tib ketayotib ulardan so’rabdi:

— Nima qilyapsizlar?

— Otamiz tobutga bor pullarini solib keyin dafn etishimizni vasiyat qilgandi. Pullarni sig’dirolmayapmiz.

— E, ahmoqlar, chek yozib ber, qutulasan-qo’yasan.

loading…