XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

KARAM HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Karamning kelib chiqishi hanuz hech kimga ma’lum emas.

2. Karamning o’rtasidagi qattiq qismi zararli hisoblanadi. Chunki aynan shu qismida nitratlar yig’iladi.

3. Karamning foydali jihatlaridan biri shuki, u ortiqcha vazndan xalos bo’lishda yordam beradi.

4. Arxeolog olimlarning ta’kidlashicha, karam tosh va bronza asrida ham yetishtirilgan ekan.

5. Qadimiy yunonlar va rimliklar karamning o’ndan ortiq turini yetishtirgan. O’n to’qqizinchi asrga kelib karam turi o’ttizga yaqinlashdi. Hozir esa yuzlab navlari o’ylab topilgan.

6. Tuzlangan karam yangi uzib olinganiga qaraganda organizm uchun foydalidir. Tuzlangan karamda uning foydali xususiyatlari 10 oyga qadar saqlanib turadi.

7. «Karam» so’zi qadimiy yunon tilidan olingan. Bu «kaputum» iborasi bo’lib, o’zbek tiliga tarjima qilinganda, «bosh» ma’nosini beradi.

8. Karam sharbati xalq tabobatida mikrobga va shamollashga qarshi keng qo’llanadi.

9. Tibbiyotda karam sharbati yordamida oshqozon yarasi, gastritni davolashadi.

10. Yangi uzilgan karam barglari qondagi xolesterinni haydab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

11. Karam sharbati ayollarning yuz terisini yumshatish, yoshartirishda qo’l keladi.

12. Karamning 91 foiz qismi suvdan iborat.

13. Tuzlangan karamda sut kislotasi mavjud. Bu organizmda foydali bakteriyalar saqlanib qolishini ta’minlaydi.

14. 100 gramm xom karam odamga bir kecha-kunduzga yetadigan S vitaminini hadya etadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…