BI-IR KULIShMAYMIZMI, TOG'A?..

 

 

* * *

 

Janjalkash ayoldan tanishi so’radi:

— Eshitishimcha, sen ikkinchi marta turmushga chiqqanmishsan, rostmi?

— Ha, ammo u mendan ancha yosh ekan. Shundan xavotirdaman.

— Xavotir olma. Sen bilan bir yil yashasin, qanday qariganini o’ziyam bilmay qoladi.

 

* * *

 

Semirib ketayotgan ayol o’ziga o’xshab semizlikdan shikoyat qilib yurgan dugonasidan so’radi:

— Siz yangi chiqqan konservalar haqida eshitdingizmi? U konservalar ozishni istagan ayollar uchun mo’ljallangan ekan.

— Xo’sh, qanaqa ekan o’sha konservalar?

— Shundoq qopqog’ini ochasiz-u… Ichida hech narsa ko’rmaysiz…

 

* * *

 

Mehmonda xotin erini turtdi.

— Tez qiziqroq latifa ayting! Men bahonada kulay va yig’ilganlarga o’zimning yangi qo’ydirgan tilla tishlarimni ko’z-ko’z qilay!

 

* * *

 

Ayiq terisidan tikilgan palto sotib olgan ayol sotuvchidan iltimos qildi:

— Mana shu paltoni o’zingiz uyimga olib borib bersangiz! Lekin aytib qo’yay, mening kvartiramga kirishdan avval xuddi adashgandek qo’shnilarimning eshiklariniyam taqillatib ko’rasiz.

 

* * *

 

— Bilasanmi, o’rtoqjon, aytishlaricha, tuyaqushning ko’rish qobiliyati juda sust ekan. Ammo oshqozoni har qanday narsaniyam hazm qilib yuboraverarkan.

— O’, odam bo’lganda, zo’r er chiqarkan-da o’sha tuyaqushdan!

 

* * *

 

Yigit juda tortinchoq edi. Shunga qaramasdan, sevgilisi Salimani darvozasi oldida intizor kutardi. Bir mahal darvoza ochilib qizning onasi paydo bo’ldi va yigitdan so’radi:

— Kimni kutyapsiz bu yerda?

— S-salimani…

— Shunaqami?.. Yo’q, siz Salimaga sira to’g’ri kelmaysiz. Negaki, uning otasi mening ketimdan chopib yurgan paytlarda uchrashuvga chiqmasam, bog’dan aylanib ichkariga kirgan, vovillab shovqin ko’tarayotgan itni bo’g’ib o’ldirgan, so’ngra ichkaridagi otamning ustidan qulflab mening barmog’imga nikoh uzugini taqqan-u, hoziroq nikohdan o’tish zarurligini aytgan. Salimaga ham xuddi o’shanaqangi qalliq kerak.

 

* * *

 

Opa singlisidan so’radi:

— Seni anavi mallasoch yigit suzishga o’rgatyaptimi?

— Ha.

— Xo’sh, u haqida nimalarni bilib olding?

— Yoshi yigirma birda, uylanmagan va yaxshi pul toparkan.

 

* * *

 

Diskotekada raqs tushayotgan yigit sevgilisini mahkam bag’riga bosdi-da, dedi:

— Men hozir o’zimni xuddi jannatdagiday his etyapman!

— Men bo’lsam, o’zimni xuddi tiqilinch avtobusdagiday his etyapman.

 

loading…