XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

BAQLAJON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Baqlajon turli rangda, jumladan, oq, sariq, ola-bula, siyohrang va qora ranglarda bo’lishi mumkin.

2. Italiyaning Palermo shahrida har yil yozda baqlajon olimpiadasi tashkil etiladi. Olimpiadada mamlakatning eng yetuk oshpazlari baqlajondan mazali taom pishirish bo’yicha o’zaro bellashadi.

3. Baqlajon kaliyga boy. U organizmdan ortiqcha natriyni siqib chiqaradi. Shuning natijasida organizmda turli shishlar paydo bo’lishining oldi olinadi.

4. Biz baqlajonni sabzavot deb qabul qilganmiz. Ammo botanik olimlarning gapiga ko’ra poliz ekinlari turiga mansub ekan.

5. Baqlajon guli va barglarini yeyish tavsiya etilmaydi. Bu oshqozon zaharlanishini keltirib chiqaradi.

6. Baqlajondagi kletchatkalar ichakda zaharli moddalar to’planishiga yo’l bermaydi.

7. Baqlajon dastlab Hindiston hududida paydo bo’lgan.

8. Baqlajonni faqat muzlatkichda saqlash tavsiya etiladi. Shu holatda u o’zidagi foydali xususiyatlarni yo’qotmaydi.

9. Ba’zi davlatlarda baqlajonni xomligicha yeyishadi. Xom holatda uning foydali jihatlari soni ortarkan.

10. Baqlajon kam kaloriyali mahsulot. Uni qancha yeganingiz bilan semirishga olib kelmaydi.

11. Baqlajon tarkibida antioksidantlar dahshatli darajada ko’p.

12. Baqlajon kosmetika sanoatida ham keng qo’llaniladi. Undan yuz terisi uchun foydali kremlar ishlab chiqariladi.

13. Baqlajon qondagi gemoglabin miqdorini oshiradi.

14. Tarkibida mis, yod miqdori yetarlicha mavjudligi bois baqlajon homilador ayollar va kamqonlikdan azoblanuvchi odamlar uchun juda foydalidir.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…