KORONAVIRUS HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Koronavirusning rasmiy nomi «SARS-CoV-2». U chaqiradigan kasallikka esa «COVID-19» deya nom berishgan.
2. Koronaviruslarning dunyoda juda turi ko’p. Hozirga qadar ularning 40 ta turi o’rganilgan.
3. Koronavirus epidemiyasi kuchayib ketmasligini ta’minlash bu o’zini o’zi izolyatsiya qilish demakdir. Shunda virus yuqtirish zanjiri uziladi.
4. Agar koronavirus yuqtirgan bir odam o’z vaqtida aniqlanib, izolyatsiya qilinmasa, minglab odamlarga virus yuqtirishi mumkin.
5. Odamlarning bir qismi xastalikni yengil formada o’tkazadi. Ko’pchiligi o’zi koronavirusga chalinganini dastlabki paytlarda sezmasligi ham tayin. Ana shuning oqibatida atrofdagilarga ommaviy tarzda kasallikni yuqtirib ulguradi.
6. Aslida tibbiyot niqoblari virus yuqtirishdan yuz foiz himoya qiladi deb bo’lmaydi. Ko’chada niqobga changlar yopishishi himoya kuchini sindiradi. Ammo baribir tibbiyot niqobi taqish shart. Kam bo’lsa-da, bizni koronavirus yuqtirishdan asraydi-da.
7. Olimlarning ta’kidlashicha, koronavirus yuqtirganlarning 80 foizi kasallikni yengil formada o’tkazarkan.
8. Og’ir ahvolga tushgan bemorlarni bir yarim oy davomida davolashadi. Shuning hisobiga koronavirusdan tuzalganlar soni sekinlik bilan ko’payadi.
9. Xitoyning Uxan shahrida bir oila bor. Koronavirus urchib, barcha ommaviy ravishda karantinga tushirilgan mahal ham o’sha oila boshqalar kabi epidemiya markazida yashashda davom etgan. Xoh ishoning, xoh ishonmang, shu oilaning bironta a’zosi hozirgacha ham umuman koronavirus yuqtirmabdi.
10. Dron-kvadrokopterlar koronavirus karantini davrida juda asqotadi. U ko’chalardagi vaziyatni nazorat qilishdan tashqari, bemorlarga dori-darmon yetkazishda ham tengsizdir.
11. Olimlar aytishmoqdaki, dunyoda «COVID-19» dan ham xavfliroq viruslar bor ekan.
12. Koronavirus +70 daraja issiqda 5 daqiqa ham yashay olmay halok bo’larkan.
13. Xlor koronavirus dezinfeksiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
14. Koronavirus epidemiyasi ekologiya tozalanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. U tufayli atmosferaga, okeanlarga zahar tarqalishi sezilarli ravishda kamaydi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…