Pandemiyadan keyin qaysi kasblarga talab ortadi yoxud qaysilari chetga chiqib qoladi?

Mutaxassislarning fikricha, pandemiyadan keyin mehnat bozorida ayrim kasblarga bo’lgan talab ortadi. Yangi kasblar paydo bo’ladi. Taxminlarga ko’ra, huquqshunos va iqtisodchilar bu payt chetga chiqib qolishlari mumkin. O’rta maxsus ma’lumotga egalar esa jamiyatda o’z o’rnilarini topa boshlaydi.

Hozirgi zamonda onlayn-kasblar ommalashayotganiga guvohi bo’lmoqdamiz. Pandemiyadan keyin esa ayrim sohalarda bo’lgani kabi oziq-ovqat xavfsizligi bo’yicha ham yangi kasblar paydo bo’ladi. Faqat agronomlarga emas, balki unumdorlik darajasini taxmin qila oladigan mutaxissislarga ham ehtiyoj seziladi, — deydi “Moya rabota” bandlik markazi direktori Roman Shkut.

Bugun mehnat bozori qisman bo’lsa-da to’xtab qolgan. Koronavirus infeksiya tarqalishi sabab ko’pchilik ishsiz, uyda qolmoqda. Ammo pandemiyadan keyin quyidagi kasblarga bo’lgan talab ortishi kutilmoqda:

Kuryer

Haydovchi

Savdo menejeri

Pochtachi

Qadoqlovchi

Yuk ortuvchi-tushiruvchi

Kassir

Nilufar Murodova tayyorladi

(O’zA)

loading…