ER HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Yerning sof vazni 6600000000000000000000000 kilogrammga teng.
2. Quyosh tizimidagi Yerdan boshqa barcha sayyoralar afsonaviy xudolar nomi bilan ataladi.
3. Yer quyosh tizimidagi eng zich sayyora hisoblanadi. Uning zichligi 5, 515 g/sm3 ga teng.
4. Yer ustki qismining 72 foiz qismi suv bilan qoplangan.
5. Yer bir necha qatlamdan: atmosfera, litosfera va gidrosferadan iborat. Bu qatlamlar jamlangan holda biosferaga birlashgan.
6. Yer atmosferasi 78 foiz azot, 21 foiz kislorod, 1 foiz boshqa gazlardan iborat. Yer atmosferasi har lahzada quyoshdan keladigan radioaktiv nurlar va 100 tonnaga teng meteoritlar hujumidan yerliklarni himoya qiladi.
7. Yer litosferasi doimiy ravishda harakatda. Tektonik plitalar to’qnashuvi yoki bir-biridan alohida ajralib chiqishi oqibatida yer yuzida zilzila va vulqonlar uyqonish hodisasi sodir bo’ladi.
8. Tinch okean yer yuzidagi eng yirik okean hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 169 100 000 kilometrga teng. Bu quruqlik maydonidan ham ko’p demakdir.
9. Yerning eng baland nuqtasi Everest (8848 metr) sanaladi. U Himolay tog’larida joylashgan.
10. Yerdagi jami suvning 3 foizigina ichishga yaroqli. Shuning ham 90 foiz qismi muzliklar qa’riga berkingan. Shunday ekan, yerliklar mavjud suvning juda kichik bir misqoligagina egalik qila oladi.
11. Agar Yer quyoshga hozirgidan ko’ra yanada yaqinroq yoki uzoqroq bo’lganda, tirik jondan asar ham bo’lmasdi.
12. Yerdan bo’lak bironta sayyorada tektonik plitalar mavjud emas.
13. Oltinning 99 foiz qismi Yer yadrosida joylashgan.
14. Yer yuzidagi eng sovuq hudud Antarktidadir. Bu hududda havo harorati -92, 2 darajani tashkil etadi.
15. Vulqonlar faollashuvining 90 foizi okeanlarda yuz beradi.
Olimjon HAYIT tayyorladi