* * *
Bir erkak derazadan tashqariga boshini chiqarib qarasa, kimdir gilosini o’g’irlayapti. Ovozining boricha qichqirdi:
— Vey, tush gilosdan! Qochib ketaman deb xayol qilmagin! Baribir ertami-kechmi, kimligingni aniqlayman!
— Albatta, dada!
* * *
Bir yigit vokzalda mudrab o’tiribdi. Narigi o’rindiqdagi bir bola uni turtdi.
— Amaki, paltongizni o’g’irlab ketishdi!
Yigit o’g’rining ketidan chopib ketdi. Yetolmagach, to’xtab qo’l siltadi:
— Mayli, palto baribir menga kaltaroq edi.
* * *
Bir yigit do’stidan so’radi:
— Og’ayni, nega mushtlashuvlarga qizil rangli kostyumda borasan?
— Mabodo yaralansam, uydagilar qonni ko’rib qo’rqmasliklari uchun.
— Unda nega sariq shim kiyasan?..
* * *
— Boks ajoyib sport turi! Men bu sport turining orqasidan yaxshi pul topyapman.
— Siz ham bokschimisiz?
— Yo’q, tish do’xtiriman.
* * *
Xotinidan kuygan er hasratidan:
— Xotinim axlat to’kib kelishni tez-tez esidan chiqarib turadi. Esiga tushdi deguncha, axlat tashiydigan mashinaning ketidan chopib baqiradi:
— Hoy, kechikibman! Axlatning hammasini yuklab ketib bo’ldilaringmi? Voy Xudoyim!..
Shunda unga haydovchi shunday deydi:
— Hali hammasini yuklab ulgurmadik! Chiqa qoling!
* * *
— Allo, militsiya! Hisobchimiz qochib ketdi!
— Temir sandiqni qaradilaringmi?
— U yerda yo’q!
— Unda televizor ichini qaranglar!
— Televizor? Nega?
— Futbol musobaqasi ketyapti. Balki, fanatlar orasida o’tirgandir?!.
* * *
Erkaklarga «foydali» maslahat:
— Erkaklar, agar ayol sizga yana bir marotaba imkon bergan bo’lsa, bu imkonni qo’ldan chiqarmang! Ajrashing!
* * *
Psixiatr huzurida.
— Do’xtir, men hammaga pul ulashishni yaxshi ko’radigan bo’lib qoldim. Sizgayam bir-ikki yuz dollar pul hadya qilmoqchiman.
— Qarang, shunaqa foydali kasallik ham bor ekan-ku! Rahmat, bemor, rahmat!
* * *
Erkak do’stidan so’radi:
— Bir kun kelib o’zga sayyoraliklar bilan uchrashib qolsak, ular bizning qay jihatimizga hayron bo’lisharkin-a?
— Bir-birimizga ahmoqona savollar berishimizga.