Bu qiziq
Endigina ko’zi yorigan ona chaqalog’i bilan kelib o’qishga hujjat topshirdi!
Aytishlaricha, Buxoro davlat universitetida eng so’nggi abiturient 23:58 da ro’yxatdan o’tgan yosh ona bo’libdi. Hujjat topshirish uchun u tug’ruqxonadan chiqib kelibdi, chaqalog’i-yu, qaynonasi bilan. Topshirib bo’lib, yana tug’ruqxonaga qaytib ketibdi.
Qarsaklar bilan kuzatib qo’yishibdi uni qabuldagilar.
Bu holni ko’rib, endilikda turmushga chiqqan ayollarimizda ham o’qishga bo’lgan qiziqish oshib borayotganidan quvonadi, odam!