XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

DELFIN HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Delfinlar suvda yashagani bois tovush yuborish va qabul qilish imkoniyatlari butkul boshqa. Ularda bu narsa juda taraqqiy etganki, bir-birlarini uzoq masofadan turib ham eshita olishadi.

2. Hindiston, Kosta-Rika, Vengriya va Chilida delfinni tutqunlikda saqlash qonun yo’li bilan taqiqlangan.

3. Delfin tug’ilayotganda birinchi bo’lib boshi emas, dumi tashqariga chiquvchi yagona sut emizuvchi hisoblanadi.

4. Yangi tug’ilgan delfinchalar 3 yoshga yetguncha onasining qaramog’ida bo’ladi.

5. Qadimiy Gretsiyada delfinni o’ldirgan odam qatl etilgan.

6. Yoshi ulug’ delfinning miyasi 1 kilo 700 grammga teng. Odamning miyasi esa 1 kilo 400 grammni tashkil etadi. Lekin baribir jonivorning miyasi odamniki kabi ko’plab imkoniyatlarga ega emas.

7. Suvda delfinlar soatiga 40-50 kilometr tezlikda harakatlanadi.

8. Delfin duch kelgan yemishni yeb ketaveradi. Ammo eng sevimli taomi baliq.

9. Har bir delfinning o’z ismi bor. Ism u tug’ilgandan keyin ota-onasi tarafidan qo’yiladi va bir umr shu ism bilan yashaydi. Bir-birlariga ham ular maxsus tovushlar orqali ismini aytib murojaat etishadi.

10. Akula delfindan qo’rqadi. Chunki duch kelib qolsa, delfin o’zining o’tkir tumshug’i bilan akulaning qorin qismiga kuchli zarba yo’llaydi. Zarba akulaga aksar holatlarda o’lim hadya etadi.

11. U qorong’ilikda ham juda yaxshi ko’ra oladi.

12. Delfin uxlaganda miyasining bir qismi navbatchi vazifasini bajaradi.

13. Braziliyaning Laguna okrugida delfinlar baliqchilar bilan do’st tutinishgan. Ular baliqchilarning to’riga dengiz ichkarisidagi baliqlarni haydab keladi. Baliqchilar esa minnatdorchilik sifatida ovlangan baliqlarni delfinlar bilan arra qiladi.

14. Delfin odamning ichki a’zolarini o’zida mujassam etgan maxsus ultratovushli uskuna yordamida bemalol ko’ra oladi. Aytishlaricha, ko’p hollarda ayolning homiladorligini ham aniqlab bera olarkan.

15. Gang daryosida yashovchi delfinlar tug’ma so’qir. Ular o’zidagi exolokatrlik qobiliyati yordamida dunyoni ko’radi.

16. Suvda delfin 15 daqiqagacha nafas olmasdan tura oladi.

17. Delfin ham o’z joniga qasd qilishni biladi. U nafas olishni bas qiladi va to o’lim topmaguncha shu holda tura oladi. Ammo nima uchun joniga qasd qilishi hozircha olimlarga ma’lum emas.

18. Urg’ochi delfinning homiladorlik davri 18 oy davom etadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…