BI-IR KULIShMAYMIZMI?..

 

 

* * *

 

Jinni jinniga dedi:

— Men o’n ikkinchi qavatga chiqib turaman. Sen ham qarama-qarshi tarafdagi o’n ikki qavatli uyning o’n ikkinchi qavatiga chiqib turasan. So’ngra men qo’limdagi fonarni yoqaman. Sen fonarning nuriga chiqib men turgan uyga yurib o’tasan. Kelishdikmi?

— Ie, to’satdan fonaring o’chib qolsa, yiqilib tushaman-ku!

 

* * *

 

Sigir sigirga dedi:

— Ekologiya negadir o’zgarib ketdi. Qayoqqa qarama, hali u sigir o’lgan, hali bu sigir kasallangan…

— Hechqisi yo’q… Eng asosiysi, biz o’rdaklar tinch bo’lsak bas.

 

* * *

 

Sahroda ikki to’g’nog’ich sudralib ketib borishardi. Biri ikkinchisiga dedi:

— Juda isib ketdimi havo?!.

— Tugmalaringni yechib ol, salqin tortasan!

 

* * *

 

— Dugonajon, ering qalay? Haliyam uyqu orasida tomga chiqib ketadigan odatini tashlamadimi?

— Tashladi.

— Yo’g’-e!

— Ha, yaqinda tomdan yiqilib tushdi.

 

* * *

 

Ayol «Tez yordam»ga qo’ng’iroq qilyapti.

— Tez yetib kelinglar! Erimning isitmasi 50 ga chiqib ketdi!..

— Kechikibsiz! Yaxshisi, o’t o’chiruvchilarga xabar bering!

 

* * *

 

O’g’ri boshqa bir o’g’ridan so’radi:

— Kolbasani qaerdan oldingiz?

— Hov anavi do’kondan.

— Odam ko’p emasmi?

— E, sotuvchisiyam yo’q.

 

* * *

 

Tiqilinchda bir erkak birovning oyog’ini bosib oldi. Oyoq og’rig’iga chiday olmagan odam ovozining boricha baqirdi:

— Eshshak!..

Oyoq bosib olgan erkak xotirjam ohangda so’radi:

— Men veterinarman! Sizga qanday yordamim tegishi mumkin?

 

* * *

 

Er tong saharda jazmaninikidan uyga qaytdi. Eshik ro’parasida to’xtadi-da, devorning oq bo’yog’idan yuzlariga, kiyimlariga surtib oldi va uyga kirib xotiniga dedi:

— Xotinjon, kechir! Kecha kechqurun birinchi muhabbatimni uchratib qolgandim… O’zimni boshqara olmadim…

— Yolg’on gapirishni bas qiling!.. Yana tuni bilan bilyard o’ynadingizmi?

 

loading…